Xoja Gaukushon ansambli Buxoro markazidagi eng ahamiyatli tarixiy yodgorliklardan biri. Uni XVI asrning ikkinchi yarmida bunyod etganlar.
Qurilishga xalq orasida “Xoja Kalon” yoki “Buyuk Xo‘ja” deb nom berilgan Jo‘ybor Shayxi Xo‘ja Sa’d homiylik qilgan. Shuning uchun majmuaning barcha inshootlari uning nomi bilan ataladi. Undan oldin u yerda katta savdo maydoni bo‘lgan, undan ham oldin esa u yerda qushxona ishlagan. Shu sababdan qo‘shimcha Gaukushon “buqalarni o‘ldiruvchi” nomi kelib chiqqan.
Me’morchilik
Ansambl katta madrasa va katta minorali bosh masjidni o‘z ichiga oladi.
Xoja Gaukushon madrasasi 1570 yilda qad ko‘targan. Bu davrda Buxoro xonligini Shayboniylar sulolasidan Abdullaxon II boshqargan. Inshoot ko‘chalar ayrilish joyida joylashgan va shuning uchun u trapetsiyaga o‘xshaydi. Ammo uning ichki hovlisi odatiy ko‘rinishga ega. Katta ikki qavatli binoning pardozlash ishlari sharqona usulda bajarilgan. Tashqi tarafdan uni an’anaviy gumbazlar bezab turadi.
1598 yilda uning yonida katta minorali Xoja Kalon deb ataluvchi“Xo‘ja masjidi” qurildi. U Minorai Kalondan so‘ng balandligi bo‘ycha ikkinchi edi.
Shayx “Xoja Kalon”ning o‘zi Buxoroning Sumitan qishlog‘ida joylashgan Jo‘ybor shayxlarining oilaviy maqbarasi, Chor Bakrda ko‘milgan.
O‘zining badiiy qiymati tufayli Xoja Gaukushon ansambli YuNESKOning Butunjaxon merosi ro‘yhatiga kiritilgan.