Sitorai Mohi-Hosa «Oy kabi Yulduz» ma’nosini anglatadi. Ohirgi Buxoro Amirining shahar tashqarisidagi qarorgohi shunday ataladi. Hozirgi kunda u yerda amaliy bezak san’ati muzeyi faoliyat olib bormoqda.
XIX asrning o‘rtasida Nasrulloxon yangi saroy qurishga qaror qiladi. Eng salqin joyni tanlash uchun me’morlar yaxshi sinalgan usuldan foydalanishdi. Ular Saroy qurilishi mumkin bo‘lgan joylarda qo‘y go‘shtini qoldirishgan. Qo‘y go‘shti eng ohiri aynib qolgan joyni tanlashgan. Afsuski birinchi saroy saqlanib qolmagan.
Bir necha yillardan so‘ng Amir Mir Said Olimxon misli ko‘rilmagan chiroyga ega bo‘lgan yangi saroy qurdirdi va unio‘z rafiqasi ismi bilan Sitora deb nomladi. Rossiyada tahsil olgan Buxorolik me’morlar g‘arb vazminligi bilan sharq rang-barangligini mohirlik bilan birlashtirdilar. Ammo vaqt o‘tishi bilan saroy vayron bo‘ldi.
Yevropa uslubidagi yangi majmuani 1918 yilda barpo etishdi. U erkaklar va ayollar qismiga bo‘lingan. Ammo uning ichki jihozlari yorqin sharqona hususiyatga ega.
Alohida qimmatga ega bo‘lgan Oq zalni bezashga mashhur usta Shirin Murodov boshchilik qilgan. Butun xona o‘ymakor ganch bilan bezatilgan. Shu bilan birga naqshlar bir biriga o‘xshamaydi va bir birini takrorlamaydi. Har xil romlar bilan bezatilgan Venetsiya va Yapon oynalarining ko‘pligi ko‘zga tashlanadi. Noyob uch tabaqali ko‘zgu 40 martda takrorlanadigan tasvirni yaratadi.
Saroyda XIV—XX asrlarga oid nozik Xitoy va Yapon farfori, mashhur Buxorolik zargarlarning ajoyib taqinchoqlari, zardo‘zlik pannolari va yopinchiqlardan iborat ekspozitsiyalar bor edi.
Hovlida Amirning rafiqalari va kanizaklar cho‘milgan hovuz saqlanib qolgan. Qarorgohning yaxshi parvarish qilingan bog‘ida hozirgacha tovuslar sayr qiladi. Aytishlaricha ular qachonlardir jannat eshigini qo‘riqlashgan ekan. Lekin shaytonni ko‘rmay qolganlari uchun ularni yerga yuborishgan. Shundan buyon qushlar ayanchli qichqiriqlari bilan g‘am g‘ussalarini bildirishadi va u larni yana jannatga qaytarishni so‘rashadi.