Namozgoh masjidi

Namozgoh namoz o‘qish joyi degan manoni anglatadi. Misol uchun xona, joynamoz yoki yurishda bo‘lgan qo‘shinni ham sig‘dira oladigan ochiq maydon.

Me’morchilikda bu – bir vaqtning o‘zida katta miqdordagi odamlar ibodat qila oladigan ochiq masjiddir.

Islom dini O‘rta Osiyo yerlarida faol yoyilayotgan paytda Qurbon hayiti va Ramazon hayiti bayramlarida odamlar Registonda yig‘ilar edilar. Lekin IX asrda maydon hamma xoxlovchilarni sig‘dira olmas edi.Shuning uchun Namozgoh masjidini Buxoro tashqarisida shahar markazdan uch kilometr uzoqlikda barpo etishdi. Davlatni shu paytda Somoniylar sulolasi vakillari boshqarar edilar.

Biroq XII asrda Arslonxon aholi har doim shahar yaqinida bo‘lishi kerak degan qarorga keladi. U agarda shaharga hujum qilinsa aholi tezda qaytib, shahar himoyasiga turishi kerak deb hisoblari. Arslonxon aholi uchun qulaylik haqida emas, balki ko‘proq davlat mudofasi to‘g‘risida o‘ylagan bo‘lsa ham, natijada ikki taraf ham foyda ko‘rdi.

Me’morchilik

Buning uchun u Shamsobod bog‘ini sotib oldi va 1119-1120 yillarda uning o‘rnida uzunligi 38 metr bo‘lgan maxsus chuqurcha – mehrobga ega g‘isht devor paydo bo‘ldi. Masjidlardagi Mehroblar har doim Makka tomonga qaratilgan. XIII – XV asrlarda inshootni yangi an’analarga xos tarzda qayta qurishdi va tiklashdi. Shunday qilib XVI asrda devorlar sirlangan terrakota bilan qoplandi.

XVII asrda masjidni yana qayta qurishdi. Natijada uch peshtoqqa ega ayvon paydo bo‘ldi. Devorning bir qismini qurish uchun birinchi qurilishdagi g‘ishtlardan foydalandilar. Imom hutba o‘qiydigan qadimiy yog‘och minbarni g‘ishtdan yasalganiga almashtirishdi. Bizgacha binoning bir qismi saqlanib qolgan.

Bugungi kunda Namozgoh shahar ichida turar joylar orasida joylashgan, shu sababli u o‘zining boshlang‘ich vazifasini yo‘qotgan. Uning vazifasini shahardan tashqarida joylashgan yodgorlik majmualari bajarmoqda. Misol uchun buyuk so‘fiy ko‘milgan Bahouddin Naqshband maqbarasi.

Shunga qaramay Namozgoh masjidi Buxoroning muhim diniy yodgorligi bo‘lib qoladi.

Выберите язык

O'zbek Русский English

Или скайчате приложение