1637 yilda, tojikchadan “ko‘rpalar chuquri” deb tarjima qilinadigan Mag‘oki ko‘rpa masjidi barpo etildi. Bu Buxoroning ikki yer osti (mag‘oki) masjidlaridan biri. Uning yaqinida XVI asrdagi bosh kiyimlar sotiladigan Telpak Furushon savdo gumbazi joylashgan.
Masjidning birinchi qavatini ko‘p asrlik ma’daniy qatlam qisman berkitib turadi, shuning uchun uni yer osti masjidi deb atashgan. Uning nomi u joylashgan yer bilan bog‘liq. Oldin u joy ham Mag‘oki ko‘rpa “Ko‘rpalar bozori oldidagi chuqurlik” deb nomlangan.
Masjidni jo‘ybor shayxi Xo‘ja Kalon qurdirgan. U bosh masjid sifatida qurilgan, ammo tugallanganida judayam kichik bo‘lib chiqqan. Shuning uchun u har kunlik besh vaqt namoz o‘qiladigan oddiy masjid sifatida foydalana boshlangan. Qayd etib o‘tish kerakki gumbazlar har ikkala qavatni qoplagan. Ustki qavatda yozgi masjid, pastki qavatda esa qishkisi joylashgan. Tahorat uchun alohida xonasi ham bo’lgan.
Mashhur va obro‘li homiy yordamida yana katta madrasa va katta minorali bosh masjiddan iborat Xoja Gaukushon me’moriy ansambli ham bunyod etilgan.
Tarix va afsonalar
Afsonaga ko‘ra masjid mehrobi ostiga uni qurgan quruvchi ko’milgan. Ammo u yerda qabrning tashqi belgilari ko‘rinmaydi. Odatda uning yonida uzun yog‘och o‘rnatilar edi.
Uning yaqinida yana avliyo Xoja Muhammadi parrron (“Yiqituvchi Xo‘ja Muhammad”) qabri joylashgan. Aytishlaricha, qabr yonidan poklanishsiz o‘tganlarning yoki shakkoklik qilganlarning qo‘l oyoqlarini falaj qilib qo‘ygan.
Yana qabrning uning yonidan o‘tib ketayotgan otliqlarni otning ustidan yiqita olish qobiliyati bor deyishadi.
Mana shunday qizqarli qo‘shnichilik.