Mahallaning Katta masjidi

Katta juma masjidi Buxoroning eski shahar qismida, Ark Qal’asi yaqinida joylashgan. U Bosh masjid, ya’ni Jome (juma) masjidi vazifasini bajaradi.

Inshoot qishki va yozgi qismlardan iborat. Birinchi qism bir necha kirishga ega to‘rt ustunli zal ko‘rinishiga ega. Ikkinchisi esa ayvon ko‘rinishida. Ayvonlar binoni uch tomonidan o‘rab turadi.

Yog‘och ustunlar muqarnaslar ko‘rinishida o‘yilgan. Ular ayvon shiftini mustahkam tirgab turadi. Ayvonning tashqi devorining bir tarafidagi ustunlar boshqalaridan farq qiladi. Ularning bir tekis turishi oldin ayvonga so‘ngra binoga asosiy kirish vazifasini bajaradi.

Bino ichi XIX — XX asr boshlari an’analarida bezalgan.

Hozirgi kunda Katta juma masjidi ahamiyatli me’morchilik yodgorligi sifatida YuNESKOning butunjaxon merosi ro‘yhatiga kiritilgan.

Выберите язык

O'zbek Русский English

Или скайчате приложение