Chor Minor

“To‘rt minora” ma’nosini anglatuvchi, Chor Minor, madrasasi Buxoroning tashrifnomasiga aylangan. Uni badavlat turkman Halifa Niyozqul qurdirgan. Madrasaga uning nomi berilishiga qaramay xalq orasida bu nom yashab ketmadi.

Afsonaga ko‘ra Halifa Niyozqul Hindistonda Toj-Mahalni ko‘rib unga mahliyo bo‘ladi. Buxoroda shunday inshoot qurishga ahd qiladi. Shuning uchun Chor Minorni ba’zida Buxoroning Toj-Mahali deb atashadi.

Inshoot Labi Hovuz ortida, turar joylar orasida joylashgan. Uning aniq qurilish sanasi ma’lum emas. Ba’zi manbalarga ko‘ra 1807 yilda, boshqa manbalarga ko‘ra Halifa Niyozqul madrasasi XVII asr oxirida mavjud bo‘lgan.

Chor Minor madrasasi oldida hovuzga ega kichik hovli joylashgan. Binoning ikki chetida bir necha hujralar joylashgan.

Me’morchilik

Chor Minor me’morchiligi o‘ziga hosdir. U ko‘proq darvozaga o‘xshaydi. Shunga qaramay Chor Minor alohida va tugallangan inshoot. Uning ikkita vazifasi bor – marosimlar o‘tkazish va turar joy sifatida xizmat qilish.

To‘rta tomonida Minoralarga ega asosiy bino bu masjid. Kichkina minoralar ko‘k gumbazlarga ega. Har bir minora o‘zining to‘rtta jahon dinlarining g‘oyalarini tasvirlovchi shaklga va bezaklarga ega. Ahamiyat berib qaralsa hoch, nasroniy balig‘i va buddizmning ibodat uchun g‘ildiraklarini ko‘rish mumkin. Ko‘p asrlar davomida to‘rt minorada laylaklar uy qurib yashagan. Bu hol yaxshilik alomati deb hisoblangan.

Aksincha, masjidning ichki jihozlari oddiy. Gumbaz bu yerda qiroat bilan o‘qish, qo‘shiq aytish va cholg‘u musiqa kabi so‘fiylar marosimlari o‘tkazilganligi haqida aytib turadi.

Ikkinchi qavat va minoralar qo‘shimcha xonalar sifatida ishlatilgan. Qachonlardir u yerda boy kutubxona bo‘lgan. Chor Minor 15-dan 20-tagacha talabani sig‘dirgan.

Lekin uning ichida darsxona va oshxona yo‘q. Ularning mavjudligini faqat tasavvur qilish mumkin. Aytish kerakki Buxoro madrasalari uchun bu odatiy hol. Sababi ulardan odatda talabalar turar joyi sifati foydalanishgan.

Выберите язык

O'zbek Русский English

Или скайчате приложение