Nodir Devon Begi madrasasi

Nodir Devon Begi Madrasasi XVI—XVII asrga oid Labi Hovuz me’moriy ansamblining bir qismidir. Uni Nodir Devon Begi buyrug‘iga binoan qurishgan. U Imomqulixon hukmdorlik qilgan vaqtda vazir bo‘lgan.

Bu davr Buxoro hukmdorlari shahar qurilishiga katta ahamiyat bergan barqaror va nisbatan tinch davr bo‘lgan.

Aslida Nodir Devon Begi katta foyda olish uchun karvon saroy qurishni rejalashtirgan edi. Labi Hovuz maydonida savdo juda yaxshi borar edi. Qo‘shimchasiga shu joy yaqinidan Buxoroning savdo gumbazlari joylashgan asosiy savdo ko‘chasi o‘tgan edi. Shuning uchun karvon saroy xonalariga katta ehtiyoj bo‘lishi kutilgandi. Ammo inshootning ochilishida Imomqulixon kutilmaganda uni madrasa deb e’lon qiladi. Natijada vazir tezda inshootni madrasa ehtiyojlari uchun qayta quradi. Biroq keyin u homiy va din himoyachisi sifatida nom qozondi.

Me’morchilik va joylashuvi

Ma’naviy ma’rifiy muassasa Markaziy Osiyo uchun an’anaviy bezaklarga ega. Madrasa Samarqanddagi Sherdor madrasasi misolida qurilgan. Ammo mashhur sherlar o‘rniga uning peshtog‘ida koshindan kiyik va ikkita afsonaviy baxt qushi Semurg‘ tasvirlangan. Eng yuqorisida esa quyosh nur sochib turibdi.

Nodir Devon Begi madrasasi vazirning nomi berilgan xonaqo ro‘parasida joylashgan. Uni so‘fiylar dam olishi uchun qurishgan. Shunday qilib ikkita bino qo‘sh me’morchilik usulini yuzaga keltirgan.

Uning boshidan madrasa uchun barpo etilmagani ko‘zga yaqqol tashlanib turadi. Buni darsxonaning yo‘qligi ko‘rsatib turadi. Qo‘shimchasiga madrasaning ingichka kirish yo‘lagi to‘g‘ri ichki hovli atrofida joylashgan - hujralarga olib boradi.

1993 Nodir Begi madrasasi YuNESKOning butunjaxon merosi ro‘yhatiga kiritilgan.

Выберите язык

O'zbek Русский English

Или скайчате приложение