Registon

Har bir shaharning g‘urur bilan mehmonlarini olib boradigan joyi, “tashrif qog‘ozi” bo‘ladi. Samarqandda bunday joy – bu Registon maydonidir. Ajoyib me’moriy ansambl 2001 yilda – YuNESKOning butunjahon merosi ro‘yhatiga kiritildi.

Sharq me’morchiligi yodgorligi haqida

Maydonning perimetri bo‘yicha Ulug‘bek, Sherdor va Tilla Qori madrasalarining peshtoqlari joylashgan. Uch binoning har birini uch har xil hukmdor barpo etgani uchun har bir bino o‘ziga xos bezaklarga ega (XV – XVII asrlar).

Birinchi bo‘lib 1417-1420 yillarda Ulug‘bek madrasasi bunyod etiladi. Unda o‘z davrining mashhur olimlari va Amir Temurning sevimli nabirasi – astronom Ulug‘bek dars berishgan. Talabalar bu yerda ilohiyotdan tashqari matematika, logika va tabiiy fanlarni ham o‘rganishgan.

Sherdor va Tilla Qori madrasalari bir-birining ro‘parasida joylashgan. Sherdor madrasasi devorlarida Qurondan oyatlarni o‘qish mumkin. Kirish peshtoqida orqasidan quyosh balqib turgan sher tasviri savlat to‘kib turibdi. Samarqandning ramzi bo‘lgan naqsh 200 so‘mlik pulda ham tasvirlangan.

Tilla Qori madrasasi nomi “tilla bilan ishlov berilgan” ma’nosini anglatadi. Bunga uning ichki qiyofasini bezashda juda ko‘p zarhaldan foydalanilgani sabab bo‘lgan. Binoning old tomoni bezagida turli hil koshinlarni ko‘rish mumkin. O‘quv maskani bo‘lishdan tashqari madrasa jome masjidi sifatida ham xizmat qilgan.

Tarix va afsonalar

“Registon ”so‘zining tarjimasi “qum bilan qoplangan joy” degan ma’noni anglatadi. Qadimda qatl ijro etilgan yerda to‘kilgan qonni shimib olishi uchun usti qum bilan qoplangan. Registonda qatl ijrosi XX asr boshiga qadar o‘tkazilgan. Maydonda yana xonning buyruqlari e’lon qilingan, bayramlar va qo‘shin yig‘inlari o‘tkazilgan.

Uning atrofida hunarmandlar va dehqonlar qizg‘in savdo ishlarini olib borishgan. Buning sababi Registon Maroqandning (Samarqandning ikkinchi nomi) barcha yo‘llari tutashgan yerda joylashganligidir. Tarixni kuzatar ekanmiz maydonning vazifasi o‘zgarib borganini ko‘ramiz. Lekin bir narsa hech qachon o‘zgarmagan va o‘zgarmay qoladi. Registon – shaharning yuragidir.

Samarqand va u bilan birga Registon ham har xil davrlarni o‘z boshidan o‘tkazgan. XVII asrdagi moliyaviy inqiroz davrida madrasa binolari deyarli bo‘shab qoldi. Buning ustiga zilzilalar va yomon ob-havo sharoitlari qo‘shildi. 1918 yilga kelib sovet hukumatining buyrug‘i bilan diniy maktablar faoliyatiga yakun yasaldi. XX asrga kelib devor qoplamalari va bezaklari jiddiy zarar ko‘rdi. Lekin sovet hukumati Registonga Buyuk Ipak Yo‘lida joylashgan muhim tarixiy yodgorlik maqomini berdi.

Olimlar va restavratorlar uzoq vaqt davomida zarralab ichki jihozlari va tashqi tomonining badiiy qismini qayta tiklashdi.

Hozirda Registonda respublika va shahar miqyosidagi muhim voqealar va turli hil konsertlar o‘tmoqda.

Выберите язык

O'zbek Русский English

Или скайчате приложение