Avliyo Aleksiy Moskovskiy provoslav bosh cherkovini 1911 yilda me’mor Fyodor Verjbitskiy va Sankt-Peterburgl ik muhandis Smirnov loyihasi asosida qurganlar. Bir yildan keyin uning faoliyatini boshlash uchun oq fotiha berildi va u butun Rossiya Mo‘jizakori avliyo Aleksiy nomi berildi.
Ulug‘vor ibodatxonaning qurilishiga ikki yil sarf etildi. Biroq sovet hukumati davrida binoni umuman boshqa maqsadlarda ishlata boshlashdi. Biroz vaqtdan so‘ng esa uning gumbazlari va qo‘ng‘iroqlar minorasini buzib yubordilar.
O‘zbekiston mustaqillikka erishganidan so‘ng Avliyo Aleksiy bosh cherkovining binosi Rus Pravoslav Cherkovi ixtiyoriga o‘tadi. 2012 yilda Samarqanddagi bosh cherkov o‘zining 100 yillik yubiley bayramini nishonladi. 2021 yilda esa Toshkent va O‘rta Osiyo yeparhiyasi o‘zining 150 yilligini nishonlaydi.
Cherkov harbiy shaharchaga mo‘ljallab loyihalashtirilgan edi. Shu sababli u biroz oddiyroq neorus uslubida bo‘lsa kerak. Go‘zal ichki bezaklariga qaramay, u vazmin va oddiy ko‘rinishga ega. U Turkiston harbiy cherkovlariga tegishli uslubda qurilgan. Huddi shunday loyiha bo‘yicha Farg‘onada Nikolay Mo‘jizakor cherkovi bunyod etilgan.
Cherkov bitta katta to‘g‘riburchakli zalga ega. Uning chuqur mehrobi avliyolar ikonalari va pravoslav ibodatxonalariga xos naqshlar bilan bezatilgan. Baland shiftini esa gumbaz bezab turadi. Ibodatxonaga kirish yo‘li ustida yuqorisi sakkiz burchakli qo‘ng‘iroqlar minorasi qurilgan.