Abdu Birun ansambli

Oqmasjid qishlog‘ida (Samarqand) XVII asrga oid yana bir muhim yodgorlik – Xo‘ja Abdu Birun maqbarasi joylashgan. Unda taqvodor hayot kechirgan va hurmatli qozi bo‘lgan Xo‘ja Abduning ukasi dafn etilgan.

O‘rta asrlarda maqbara Samarqandning shahar devorlaridan tashqarida joylashgan. Shuning uchun ham u “Tashqi, shahardan tashqarida joylashgan” nomiga ega bo‘lgan. Dafn joyi sifatida xizmat qilgan Abdu Darun maqbarasidan farqli ravishda bu yerda katta bayramlar sharafiga ziyorat qilish ruxsat etilgan edi.

Me’morchilik haqida

Abdu Birun majmuasiga dumaloq gumbazli va havo rang naqshli g‘ishtli koshinlar bilan bezatilgan honaqa ham kiradi. Bu yerda darveshlar yashagani tufayli uni “so‘fiylar maskani” deb ham ataganlar.

Taxminan XII asrlarda Sulton Sanjar buyrug‘i bilan Abdu Birun mozori (musulmonlar avliyosining qabri) quriladi. Biroq 1220 yildagi mo‘g‘ullar istilosi uni butunlay vayron etadi. Faqatgina 1633 yilga kelib Abdu Birun qabri ustiga marmar tosh qoplangan yer usti sag‘anasi – dahma o‘rnatildi. Dafn etish hovlisini esa g‘isht devor bilan o‘rab qo‘ydilar. Keyin esa yozgi masjid bilan honaqa paydo bo‘ldi. Natijada tosh devor bilan o‘ralgan va kvadrat hovuzga ega ansambl paydo bo‘ldi.

Unga faqat peshtoq shaklidagi inshoot – darvozaxona orqali kirish mumkin.

Abdu Birun ansambli XX asr o‘rtalariga qadar yaxshi saqlanib qolingan, xattoki “Xamza” filmida u yerda suratga olish ishlari olib borilgan. 2000 yillarning boshida restavratorlar yer osti hujralarini topdilar. Ular o‘zaro yer osti yo‘llari bilan birlashtirilgan edi.

Hozirgi kunda Abdu Birun ansambli O‘rta Osiyodagi eng yirik ansambllardan biridir.

Выберите язык

O'zbek Русский English

Или скайчате приложение