Shohizinda

Afrosiyob o‘rni yaqinida Shohizinda maqbarasi ansambli yoyilib ketgan. Unga tashrif buyurgan odam “Ushbu ulug‘vor inshoot Abdulaziz ibn Ulug‘bek ibn Shoxrux ibn Amir Temur Ko‘ragoniy tomonidan 838 yilda (1434-35 yillar) yaratilgan” degan yozuvni ko‘radi.

Yuqoriga 36 ta keng zinapoya olib boradi. Ularning soni yuqoriga ko‘tarilganda va pastga tushganda bir xil chiqqanda qilingan niyat albatta amalga oshadi. So‘ngra bizning ko‘z oldimizda o‘rta asr tor ko‘chasi va o‘n bir nafis maqbaralar paydo bo‘ladi. Ularni birin ketin XIV-XV asrlarda barpo etganlar. Bu qabristonda Amir Temur oila a’zolarini dafn etar edilar. Bunday yuqori sharafga harbiy va diniy arboblar ham loyiq topilar edilar.

Uning nomi Muhammad payg‘ambarning amakivachchasi Qusam ibn Abbos sharafiga qo‘yilgan. Uni Shohizinda deb atashar edi, forschadan tarjima qilinganda “tirik shoh” degani. O‘rta asrlarda uning qabrini ziyorat qilish Makkaga hajga borish bilan barobar hisoblanar edi. U 640 yildan boshlab samarqandliklar orasida islom dinini targ‘ib etadi. 13 yildan so‘ng zardo‘shtiylar tomonidan o‘ldiriladi. Natijada avliyoning qabri yonida shifobaxsh buloq otilib chiqadi.

Me’morchilik haqida

Shohizinda maqbarasi asosan gumbazlari moviy va ko‘k rangli koshinlar bilan bezatilgan bir zaldan iborat inshootlardir. Ularda kirish peshtoqcha bilan ajratilgan. Maqbaraning devorlari o‘ymakor, rang-barang koshinlari va sirli g‘ishtlari bilan hayratga soladi. Yog‘ochdan mohirona o‘yilgan eshiklar esa alohida diqqatga loyiq.

Maqbaraning barcha inshootlari uch guruhga bo‘lingan: Pastki, o‘rta va yuqori. Ular ark-gumbazli yo‘lak – chortoqlar bilan birlashtirilgan.

Shohizindaning asosiy me’moriy yodgorligi Qusam ibn Abbos majmuasi hisoblanadi. U bir necha binodan iborat. Uning fil suyagi bilan bezalgan eshiklari 1404-1405 yillarga oid deb ko‘rsatilgan. Bu eshiklarni nafis ish durdonasi deb aytish mumkin.

Shohizinda maqbarasi majmuasi 2001 yilda YuNESKOning butunjahon merosi ro‘yhatiga kiritildi.

Выберите язык

O'zbek Русский English

Или скайчате приложение