Ulug’bek rasadxonasi

Ulug‘bekning asl ismi Muhammad Tarag‘ay ekanini ko‘pchilik bilmaydi. Aynan u Samarqanddagi rasadxonani yaratgan.

Ismi “Buyuk hukmdor” ma’nosini anglatuvchi Ulug‘bek 1394 yilning 22 martida dunyoga kelgan. Bolaligidan u aniq fanlarga qiziqar edi. Sevimli nabirasi uchun Amir Temur eng yaxshi o‘qituvchilarni topadi. Misol uchun yozuvchi-faylasuf Orif Ozariy va matematik-astronom Qozizoda Rumiy. Amir Temur nabirasi Muhammad Tarag‘ayni tez tez harbiy yurishlarga o‘zi bilan olar edi. Shunday yurishlarning birida Sultoniyada bolakay juda ham g‘alati inshootni ko‘rib qoladi. Ma’lum bo‘lishicha bu ozarbayjonlik olim Nosiriddin Tuyey qurgan rasadxona ekan. Chamasi shu paytda Ulug‘bek o‘zining vazifasini tushunadi.

U juda yosh bo‘lishiga qaramay Samarqandga hukmdorlik qiladi. Ammo avvalgidek izlanishlarga ko‘p vaqt sarflaydi, bu esa saroy a’yonlarining noroziligiga sabab bo‘lardi.

Me’morchilik haqida

Rasadxona qurilishi me’morlar emas, astronomlar qo‘l ostida 1420 yilda boshlanadi. Qurilish uch yil davom etdi. Undan so‘ng yana uzoq vaqt davomida uskunalar o‘rnatildi va sozlandi. Diqqatga sazovor tomoni binoning o‘zi yulduzlar va boshqa koinot jismlarni kuzatadigan astronomik uskuna ko‘rinishiga ega.

Ulug‘bek 1449 yilda o‘ldirilganidan so‘ng rasadxona yana 20 yil faoliyat yuritdi. Keyin esa uni tashlab qo‘yishdi. XVI asrga kelib esa qisman buzib tashladilar. Sovet olimlari sekstantning (burchak o‘lchagich) bir qismini qazib chiqardilar. Uskuna shimoldan janubga yo‘naltirilgan va radiusi 40,2 m tashkil etar edi. Uning yordamida osmon jismlarining ufq chizig‘iga nisbatan balandligini o‘lchashar edi.

Rasadxona ro‘parasida arxeologik qazilmalardan suratlar, freskalarning parchalari va turli hil uskunalar saqlanadigan Ulug‘bek nomidagi muzey ishlamoqda. Lekin asosiy boylik bu “Ziji jadidi Ko‘ragoniy” yoki “Yangi Ko‘ragoniy astronomik jadvali”dan parchalardir.

Muhammad Tarag‘ayning ilmiy ishi XVII asrga qadar noyob bo‘lib qoldi. Faqatgina shu davrga kelibgina yevropaliklar shunga o‘xshash hisob kitoblarni qila oldilar.

Выберите язык

O'zbek Русский English

Или скайчате приложение