Xo’ja Ahror ansambli

Xo‘ja Ubaydulla Ahror (Xazrati Imom) mashhur so‘fiylik mutafakkiri bo‘lgan. U XV asrda Samarqandda hayot kechirgan va 86 yoshida vafot etgan.

Tabiatan adolatparvar bo‘lgan Xo‘ja Movarounnahrdagi adolatsiz va haddan tashqari katta soliqlarni bekor qilinishiga erishgan. Tinchlikparvar bo‘lgani sababli Farg‘ona, Toshkent va Samarqand o‘rtasidagi o‘zaro urushning oldini olgan.

Xo‘ja Ahrorning Samarqand yonidagi dafn etilgan joyi muqaddas qadamjo deb hisoblanadi. Qabr toshi arab tilida yozilgan yozuvlarga boy.

Me’morchilik haqida

XVII asrda Nodir Devon Beginning buyrug‘i bilan maqbara yonida madrasa va masjid qurildi.

Biroq Samarqandda tez-tez yer silkinishlari sodir bo‘lar edi, shu sababli ular katta zarar ko‘rdilar. Bezaklar to‘kilib ketdi, madrasaning yuqori qismi esa oldinga qiyship qolgan. Samarqandliklarning o‘zi ham ansambl dastlab qanday ko‘rinishga ega bo‘lganini eslay olmas edilar. Majmuani qayta qurish ishlarini esa sovet olimlari boshlashdi.

Tiklash ishlar davomida Xo‘ja Ahror madrasasi Sherdori Birun, ya’ni tashqi Sherdor deb nomlangani aniqlandi. Yana Ermitajda uning XIX asrda olingan suratlari topildi. Suratlarning birida Xo‘ja Ahror madrasasi me’morining ismini ko‘rdilar. Ma’lum bo‘lishicha Sherdor va Xo‘ja Ahror madrasalari qurilishiga bir kishi – usta Abdujabbor boshchilik qilgan. Balki shu sababdan madrasalarning old tomoni bir biriga juda o‘xshash. Albatta har birining sezilmas farqlari bor. Misol uchun Xo‘ja Ahror madrasasida quyosh o‘rniga o‘simliklari naqshi ishlatilgan. Juda o‘xshashligi uchun odamlar uni Sherdor madrasasining aksi deb ayta boshlashdi.

Bugungi kunda Xo‘ja Ahror majmuasiga madrasa, yozgi va qishki masjidlar, minora va ayvon kiradi. Bu yer ziyoratchilarning va sokinlikda mulohaza qilishni yoqtiradigan insonlarning sevimli joyidir.

Выберите язык

O'zbek Русский English

Или скайчате приложение