Amir Temur maqbarasi - (Go’ri Amir)

Amir Temurning nabirasi va me’rosxo‘ri Muhammad Sulton uni islom ta’limoti markazi qilmoqchi bo‘lgan. Lekin uning hukmdor bobosi u yerni dafn majmuasiga yalantirishga qaror qiladi.

Birinchi bo‘lib unda Muhammad Sultonning o‘zini dafn etdilar. U 1403 yilda kutilmaganda vafot etadi. Keyin Xitoyga yurishi vaqtida vafot etgan buyuk Amir Temur shu erda dafn etildi. Keyinroq Go‘ri Amir qurilishiga yakun yasagan o‘rta asrlarning mashhur olimi Ulug‘bek dafn etiladi. Uning qabr toshida “Har kim unga ajratilgan muddatgacha suzadi” degan dono so‘zlarni o‘qish mumkin. Shu tarzda majmua Temuriylar maqbarasiga aylandi.

Tarix va afsonalar

1941 yilning iyun oyida oqsoqollarning ogohlantirishi va noroziligiga qaramay arxeologlar Go‘ri Amirni ochishadi va shu kechada samarqandliklar Amir Temurning ot ustidagi ruhini ko‘rishadi. Tongda esa nemis fashistlari Brest qal’asiga hujum qilishadi va Sovet Ittifoqi II Jahon urushiga qo‘shiladi.

Bosh chanoqlari asosida antropologlar Temuriylarning aniq haykal portretlarini yaratdilar. Lekin ziyoratchilar Gumbazli zalda ko‘radigan qabrlar haqiqiy qabrlarning aniq nusxasidir. Haqiqiy qabrlar esa shunday tartibda past shiftli yer to‘lada joylashgan.

Me’morchilik haqida

Go‘ri Amir hududiga terma koshinlar bilan bezatilgan peshtoq orqali kiriladi. Uning ortida madrasa va honaqo bor. To‘rt ayvondan iborat kvadrat shaklidagi hovlini qachonlardir baland devorlar va to‘rta minora himoya qilib turgan. Hozirgi kunda devorlarni odam bo‘yi balanligida tiklashdi, minoralarning esa ikkitasi qoldi.

Go‘ri Amirning eng o‘ziga tortadigan qismi bu moviy gumbazdir. U Samarqand osmoni ostida yarqirab toblanib turadi. Maqbaraning usti rang-barang koshinlar bilan, ichki devorlar esa naqshlar bilan bezatilgan.

Go‘ri Amir – O‘rta Osiyo me’morchiligining nafis naqshlarining go‘zalligiga eng yaxshi misollaridan biri.

Выберите язык

O'zbek Русский English

Или скайчате приложение