Ulug‘bek rasadxonasi tarafda Afrosiyob qoldiqlarining bir chetida yana bir ziyoratgoh joylashgan. U uchta jahon dinlari tomonidan qadrlanadi. Musulmonlar uchun u Xo‘ja Doniyor sag‘anasi, nasroniylar va yahudiylar uchun esa Avliyo Daniilning sag‘anasi. Biroq payg‘ambarning Isroilda, Iroqda, Eronda va Turkiyada ham qabrlari mavjud.
Xo‘ja Doniyor samarqandliklarning rahnamosi hisoblanadi. Aytishlaricha u ularga farovonlik keltirar ekan. Ziyoratchilar esa undan omad va sog‘liq so‘rashadi. Boshqalar esa niyatlari amalga oshishini tilashadi.
Tarix va afsonalar
Amir Temur XIV asr oxiri va XV asr boshlarda Eronga yurish paytida Shush shahrini uzoq vaqt zabt eta olmaydi. Kichkina shaharni tavrotda tilga olingan payg‘ambar ruhi himoya qilar edi. Katta yo‘qotishlar bilan Amir Temurning qudratli qo‘shini shaharni zabt etadi. Buyuk sarkarda darhol avliyoning qabrini ziyorat etadi va uning xokini Samarqandga jo‘natadi.
Rivoyat qilishlaricha payg‘ambarning xoki o‘sadi va u bilan birga tobut ham uzayib boradi. Bu bilan nima uchun sag‘ananing uzunligi 10 metrni tashkil qilishi izohlanadi.
Yana bir diqqatga sazovor joy bu buloqdir. Buloq maqbara joylashgan tepalikning etagida. Uning suvi shifobaxsh va mo‘jizakor hususiyatga ega. 1996 yilda butun Rus Patriarxi Aleksiy II buloq suvi bilan maqbaradagi qurib qolgan bodom daraxtiga suv quyadi. Samarqandliklarni hayron qoldirgan holda daraxt tirildi va gullay boshladi.
Me’morchilik haqida
Xo‘ja Doniyor maqbarasini 1900 yilda qayta qurishdi. Boshqa mashhur maqbaralardan farqli o‘laroq u tashqi va ichki bezaklarga ega emas. Qizg‘ish yo‘l-yo‘l chiziqlarga ega oddiy kulrang gisht. Yassi tomida gumbazlarni arang ko‘rishingiz mumkin. Ichki qismi ham shunday kamtarona va oddiy. Shunga qaramasdan bir necha arkalar va gumbazlar Sharq me’morchiligining o‘ziga xos hususiyatini ko‘rsatib bera olgan.
Sag‘anaga kirishdan oldin oyoq kiyim yechilishi odatga aylangan. Uning deyarli hamma joyi qabr bilan band. Qabr ichida avliyoning tobuti berkitilgan. Qabrning ustiga oltin iplar bilan duolarning so‘zlari yozilgan to‘q yashil mato yopilgan. Qabr boshidagi tosh lavhalarda esa arab va fors matnlarini o‘qish mumkin.