XV asrga oid Bibixonim maqbarasi Toshkent ko‘chasi oxirida, AmirTemur jome masjidi qarshisida joylashgan. Masjid oldida ayollar maqbarasi ancha kamtarona ko‘rinadi. Amir Temur davrida Bibixonimning onasiga atalgan inshoot birinchilardan bo‘lib qurilgan.
Unda temuriylar sulolasidan bo‘lgan ayollarni dafn etganlar. Birinchi bo‘lib unga Bibixonimning onasini dafn etdilar. Maqbaraga Bibixonim nomi berilgan bo‘lsada Saroymulkxonimning o‘zi shu yerda dafn etilganligi haqida aniq ma’lumot mavjud emas.
1941 yilda antropolog olim Mixail Gerasimov uchta ayollar tobuti joylashtirilgan sag‘anani ochadi va ularning portretini tuzdi.
Me’morchilik haqida
Bibixonim maqbarasi sakkiz burchakli inshootdir. Binoning tashqi tomoni g‘isht terilgan odmi va vazmin naqshlar bilan hiyol bezatilgan. Gumbazni tutib turuvchi gardishga kufiy xat usulida yozuvlar bitilgan. Moviy gumbaz ehtimol uning yagona yorqin bezagidir.
XXI asrning boshida maqbarani qayta qurishdi. Maqbaraning ichi koshinlar, naqshlar bilan bezatilgan va xoch shakliga ega. Uning ajoyib fil suyagi rangidagi muqarnalaridan ko‘z uzib bo‘lmaydi. Sharqona naqshlardan tashqari maqbaraning ichki qismi jannat bog‘larining manzaralari bilan bezatilgan.