Ulug’bek Madrasasi

Ulug‘bek madrasasi XV asrning eng obro‘li musulmon oliygohlaridan edi. U yerda aniq va tabiy fanlar, hattoki musiqa ham o‘qitilgan.

Registon maydonida 1415-1420 yillarda birinchi bo‘lib Ulug‘bek madrasasini barpo etishdi. Uning peshtoqidagi uzun yozuv “… bu yerda olimlar yashaydi” deb aytadi.

Talabalarga o‘z davrning eng aqlli insonlari ta’lim berar edilar. Ulug‘bek uchun eng asosiysi bu bilim edi. Shuning uchun mudarris etib oddiy xalqdan chiqqan, ammo juda ham o‘qimishli bo‘lgan darvesh Mavlono Muhammad Xavafiyni tayinlaydi. Boy aslzodalardan tashqari u yerda kambag‘al oiladan bo‘lgan qobiliyatli bolalar ham taxsil olishgan.

Me’morchilik haqida

Ulug‘bek davrida yashagan tarixchi Vosifiyning so‘zlariga ko‘ra inshootning me’mori Kamoliddin Muhandis bo‘lgan. Lekin qurilishga Amir Shoxruxning saroy me’mori Qavmiddin Sheroziy boshchilik qilgan deb hisoblanadi.

Ulug‘vor peshtoqqa ega ikki qavatli binoning old tomoni sharqqa, ya’ni maydonga qaragan. O‘sha davrning an’analariga ko‘ra bino Qurondan olingan parchalar bilan bezalgan. Ulug‘bek astranomiyani o‘rgangani uchun peshtoqning devorlariga yulduzli osmonni tasvirlovchi koshinlar yopishtirilgan.

Madrasaning devorlari sirlangan g‘ishtlar, koshinlar va o‘ymakor marmar toshlari bilan pardoz berilgan. Ular oq, ko‘k, moviy va qora elementlar birikmasini tashkil etadilar.

Birinchi qavatda dars o‘tilgan. Tepa qavatda, 50 hujrada uzoqdan kelgan talabalar yashashgan. Barpo etilgandan beri Inshoot ko‘p marotaba qattiq zarar ko‘rgan. O‘zaro urushlar paytida yashash xonalari joylashgan ikkinchi qavat vayron etildi, zilzila esa saqlanib qolgan varonalarni ham xarobaga aylantirdi. XIX asrga kelib o‘ng tarafdagi old minora Piza minorasi kabi qiyshaya boshlaydi. 1918 yilda esa madrasani diniy maktab sifatida yopdilar.

XX asr boshlarida sovet olimlari Ulug‘bek madrasasini tiklay boshlashdi. 1932 yilda esa muhandis Mauerning noyob loyihasi bo‘yicha bor yo‘g‘i 20 daqiqa ichida qiyshayip qolgan minorani o‘z holiga qaytarishdi.

Ulug‘bek madrasasining avvalgi salobatini tiklash uchun 70 yil vaqt ketdi. Bugungu kunda u o‘rta asr musulmon me’morchiligining haqiqiy durdonasidir.

Выберите язык

O'zbek Русский English

Или скайчате приложение