Madrasa o‘z nomini ichki bezaklar uchun juda ko‘p miqdorda zarhal ishlatilganligi uchun olgan. Uni Registon maydonida Yalangtoʻshbiy Bahodir buyrug‘iga asosan qurishgan.
Tilla Qori o‘rnida, avval, XV asrda qurilgan Mirzoyi karvonsaroyi joylashgan edi. Qurilish boshlanishiga, 1646 yilga kelib u ancha horaba bo‘lib qolgan edi. Lekin bu binoning poydevori va devorlarining bir qismidan foydalanishga halaqit bermadi.
Samarqandning Jome masjidlari (Bibixonim va Ko‘kaldosh) vayron bo‘lganligi uchun Tilla Qori madrasasida ham Jome masjidi barpo etishdi. Uni qurish va pardozlash ishlariga 14 yil sarflandi. Shunga qaramay uning pardozi sifati qo‘shni binolarnikidan sezilarli darajada pastroq edi. Tashqi gumbaz esa tugalanmay qoldi. Bunday ma’sulyatsizlikni hukmdorning o‘limi bilan bog‘lashadi.
Me’morchilik haqida
Tilla Qori madrasasi Sherdor madrasasi to‘g‘risida joylashgan. Uning tashqi ko‘rinishi Buxoro uslubida bajarilgan va 16 hujralari (yotoqxona) bilan Registon maydoniga qaragan. Uning chetlarida minora vazifasini bajaruvchi guldastalar turadi.
Tashqi devorlar g‘ishtli va terma koshinlar bilan bezatilgan. Tashqi bezaklarni geometrik shakllar va o‘simliklar ko‘rinishidagi naqshlar va arab yozuvlari to‘ldirib turadi.
Madrasa hovlisining g‘arbiy qismida peshtoqli va gumbazli inshoot – Tilla Qori masjidi joylashgan. Uning ichi zarhal yugurtirilgan va rang-barang bo‘rtma naqshlar bilan bezalgan. Ustalar binoni judayam dabdabali bezashga harakat qilishganday tuyuladi.
XX asr boshiga kelib madrasa pardozining katta qismi buzilib ketdi. Saqlanib qolgan parchalar yordamida restovratorlar uning avvalgi salobatini qayta tiklashdi.
Tilla Qori madrasasida Registon me’moriy ansamblining tiklash davridagi suratlarni ko‘rish mumkin. XVII asrda bo‘lganiday, bugun ham madrasa eng yaxshi ma’rifiy inshootlardan biridir.