Bibi Maryam cherkovi

1903 yilda Samarqandda mahalliy armanlarning hayriyasi evaziga Bibi Mariyam cherkovini qurdilar. XV asrda Amir Temur Armanistonga yurishdan ularning birinchi ko‘chmanchilari (hunarmandlar) bilan qaytgan.

Ularning soni XIX asrda Turkiston va Rossiya Imperiyasi bilan birlashishidan so‘ng ko‘paya boshladi. 1898 yilda ularga ibodatxona ochishga ruxsat berishdi. Avval ular maxsus xonani ijaraga olishdi. Ibodatxonaga, uning qurilishiga katta hissa qo‘shgan Ruben Bekgulyants bosh bo‘ldi.

Sovet hukumati diniy muassasalarning faoliyatini taqiqlab qo‘yganidan keyin bino ko‘p bora o‘zining vazifasini o‘zgartirgan. Lekin mahalliy armanlar o‘z ibodatxonalarini qayta tiklashni orzu qilar edilar.

1991 yil bahorda Samarqandga ikkita ruhoniy keldi. Samarqandda yana cho‘qintirish, nikoh va janoza o‘qish marosimlari o‘tkaza boshlandi. Samarqand armanlari yana diniy bayramlarni nishonlashni va nasroniy dini aqidalarini o‘rgana boshlashdi.

Tiklash haqida

Arman jamiyati iltimosiga ko‘ra Samarqand hokimiyati ularga binoni qaytib berdi. Ishlar boshlab yuborildi. Uning tiklanish ishlarida jamiyatning barcha a’zolari qatnashdi. Har biri qo‘lidan kelgancha yordam ko‘rsatdi: pul, qurilish xom-ashyosi va transport. Kimdir esa qurilishda yoki ibodatxonani bezashda ishtirok etdi. Boshqalar esa OAVlarda tiklash ishlari haqida ma’lumot berardilar.

Cherkovni tiklash uchun ikki yildan ortiq vaqt ketdi. Uning ichki jihozlari bilan mahalliy rassomlar shug‘ullandilar. Qo‘ng‘iroqxonada, Samarqandda bronzadan quyilgan 100-kilogramlik hoch o‘rnatildi. Yana Voronejdan keltirilgan qo‘ng‘iroqlar o‘rnatildi. Shiftlarni esa Yerevandan keltirilgan xrustal qandillar bezab turibdi.

Surb Astvatsatsin (Bibi Mariyam) cherkovning ochilishi 20 avgust 1995 yilda sodir bo‘ldi. Samarqandlik armanlar uchun bu voqea uzoq kutilgan bayramga aylandi.

Выберите язык

O'zbek Русский English

Или скайчате приложение