Avliyo Ioann katolik cherkovi

Birinchi Jahon urushi davrida polyar, avstriya va venger harbiy mahbuslarini Samarqandga jo‘natishar edi. Ular uchun 1915 yilda me’mor Nelle loyihasi bo‘yicha Avlio Ioann Cho‘qintiruvchi katolik cherkovi qurildi.

Cherkov Mahmud Koshg‘ariy ko‘chasida joylashgan. Uning yaqinida armanlarning Bibi Mariyam cherkovi va Avliyo Aleksiy Moskovskiy cherkovi joylashgan.

Cherkovning ulug‘vor binosini 1917 yilda yopilgan va sportzal sifatida foydalanilgan. O‘zbekiston mustaqillikka erishib so‘z va din erkinligini e’lon qiladi. 1995 yilda Samarqandda katolik cherkovi ro‘yhatga olindi. Ikki yildan so‘ng esa ularga Avliyo Ioann Cho‘qintiruvchi cherkovining binosi berildi.

1999 yilda Cherkovda muqaddaslashtirish marosimi o‘tkazildi. Shundan beri u yerda nemis, ingliz va rus tillarida xizmatlar olib borilmoqda.

Me’morchilik haqida

Avliyo Ioann Cho‘qintiruvchi ibodatxonasi bir vaqtning o‘zida ham klassitsizm, ham barokko usulida qurilgan. Qalin tosh devorlar va istehkomlar tufayli u o‘rta asr qala’sini yodga soladi. Bino ichida skameykalar o‘rnatilgan keng zal va muqaddas quti bilan mehrob joylashgan. Mehrobni katta ikona va hoch bezab turadi. Ikki chetida esa Isoning va Bibi Mariyamning haykallari bor.

Avliyo Ioann Cho‘qintiruvchi cherkovi O‘zbekiston apostollik boshqaruvi tarkibiga kiradi.

Выберите язык

O'zbek Русский English

Или скайчате приложение