XV asrda bunyod etilgan Oqsaroy maqbarasi samarqandlik Temuriylarni dafn etish uchun xizmat qilgan. Oqsaroy Go‘ri Amir maqbarasi yaqinida joylashgan.
Uning vazifasi haqida bir necha taxminlar yuradi. Ba’zi tarixchilar maqbarani Ulug‘bekning o‘g‘li Abdulatif uchun qurishgan deb aytmoqdalar. Uni otasini o‘limga hukm qilgani uchun Go‘ri Amirga dafn eta olmas edilar. Boshqa tarixchilar esa maqbarada Sulton Abusaid oilasidagi erkaklar dafn etilgan degan fikrni ilgari suradilar.
Me’morchilik
Uning me’morchiligida va ichki bezaklarida ishlatilgan uslubni Ishratxona maqbarasida ham ko‘rishimiz mumkin. Shuning uchun Oqsaroy maqbarasi XV asrning 70-yillarida qurilgan deb aytiladi.
XX asrga kelib inshoot shakli qattiq o‘zgardi va ba’zi joylari to‘kilib ketdi. Lekin sovet olimlari maqbarani butunlay harob bo‘lishidan saqlab qolishadi. Faqatgina 2007 yilga kelib xususiy hayriyalar hisobiga maqbarani tikladilar.
To‘gri burchakli inshootning ichida kirish guruhiga mansub uch imorat joylashgan. Binoning xoch shaklidagi asosiy zalini baland gardishga ega yagona gumbaz yopib turadi. Sakkiz burchakli sag‘ana esa marmar bilan noziklik bilan bezalgan.
Oqsaroy maqbarasi tashqi tarafdan juda ham kamtarona ko‘rinadi. Tashqi tomoni va gumbazi och jigar rangda, gumbaz gardishi esa oq rang. Tashqi bezaklarning yo‘qligi va uning ichki ko‘rinishidagi hashamat tufayli keskin farq yuzaga keladi. Devorlarning asosi koshinli izora bilan bezatilgan. Devorlar, sath qanoslar va gumbaz zarhal yugurtirilgan naqshlar bilan bezatilgan.
Hozirgi kunda Oqsaroy maqbarasi sayyohlar tashrifi uchun ochiq.