Ruhobod maqbarasi

Ruhobod maqbarasi nomi “Ruhlar maskani” degan ma’noni bildiradi. Me’moriy inshoot Amir Temur boshqaruvining ilk davriga oid. Uni 1380 yilda shayx Burhoniddin Sogʻarjiy qabri ustiga qurishadi. Tasavvuf olimi o‘zining e’tiqodi va avliyoligi bilan mashhur bo‘lgan.

U ko‘p vaqtini ziyoratlarda o‘tkazar edi. Ammo u faqatgina Samarqandga dafn etilishini istar edi. Amir Temur ustozini juda hurmat qilar edi va maqbara yaqinidan o‘tayotganda doimo otning ustidan tushar edi. Ruhobod maqbarasida shayxning rafiqasi, bolalari va boshqa qarindoshlari dafn etilgan.

Tarixi va afsonalar

Aytishlaricha Burhoniddin Muhammad payg‘ambarning soqolining yetti tolachasiga ega bo‘lgan. Tolachalar solingan mis quticha maqbara gumbazi orasiga suvab tashlangan.

Rivoyat qilishlaricha shayx Xitoyga islomni yoyish uchun boradi. Xitoy imperatori u va saroy sehrgari o‘rtasida musobaqa o‘tkazadi. Xitoylik sehrgar osmonga uchadi. Shayx duo qiladi va oyoq kiymini yechib u bilan sehrgarni urib tushiradi. Ko‘p mingli olomon hayron qoladi va uning oyoqlariga yiqilib: “Biz sening xudoinga iymon keltiramiz” deyishadi.

Natijada u Xitoy saroyida katta hurmat qozondi. Hattoki “Xitoy malikasiga” uylandi ham.

Me’morchilik haqida

Temuriylar davrining boshqa inshootlaridan farqli ravishda Ruhobod maqbarasida kirish peshtoqlari yo‘qligi uning tashqi tomonini teng ahamiyatli qiladi. Maqbara yarim dumaloq gumbazga ega kub shaklidaga bino bo‘lib, uni Shimol, G‘arb va Janub tomonlarida kirish yo‘llari bor. Tashqi pardoz ishlarida asosan pishgan g‘ishtdan foydalanilgan.

Burhoniddin Sogʻarjiy darveshlar jamiyati a’zosi bo‘lgani sababli maqbaraning ichki pardozi ham ancha kamtaronadir. Devorlar alabaster suvoq qilingan va ingichka koshinlar ko‘rini turadi. Sag‘anani XIX asrga oid o‘ymakor eshik ajratib turadi.

Keyngi yillarda esa maqbara yonida Xitoy usulida bezalgan jome masjidi barpo etildi. Harobaga aylangan inshootlar o‘rnida bir qavatli madrasa va minora bunyod etildi va hovuz qazildi.

Masjid va minora bugungi kunga qadar saqlanib qolgan.

Выберите язык

O'zbek Русский English

Или скайчате приложение