Savdo gumbazlari sharqda katta mashhurlikka ega edilar. Ayniqsa agar shaharlarda hunarmandchilik rivojlanib qizg‘in savdo borganida.
Holdan toydiradigan quyoshdan saqlanish uchun savdogarlar matolar va poxoldan soyabonlar, shiyponlar yasashgan. Boyroq shaharlarda ularni yog‘ochdan yasaganlar. Biroq eng mustahkamlarini gumbaz shaklida pishgan g‘ishtdan yasaganlar. Ularni barpo etish juda ham qimmatga tushar edi. Quruq iqlimli mamlakatlarda o‘simliklar kam edi. Shuning uchun g‘ishtni pishirishda ishlatiladigan yog‘och juda qimmat turar edi.
Odatda ularni faqat boylargina barpo eta olardilar. Asosan ular orasida muvaffaqiyatli savdogarlar, obro‘li vazirlar va hukmdorlarning o‘zlari edi.
Gumbaz shahar g‘aznasiga judda katta daromad keltirar edi. Savdogarlar har kuni o‘z joylari uchun to‘lov to‘lashar edi. Samarqand Buyuk Ipak Yo‘lida joylashganligi uchun unda juda ko‘p xalqlar yashar edi. Ularning har biri o‘ziga xos bosh kiyimga ega bo‘lib, aynan unga qarab inson qayerdan kelganini, qaysi dinga e’tiqod qilishi, oddiy inson yoki amaldorligini aniqlar edilar. Agar shahar aholisiga bosh kiyim kerak bo‘lsa ular aynan Chorsuga yo‘l olar edilar.
Me’morchilik
Chorsu savdo gumbazi Sherdor Madrasasining ortida, zamonaviy Toshkent ko‘chasida joylashgan. Uni XV asrda Shaxrisabz, Buxoro va Toshkentga boradigan yo‘llar kesishmasida bunyod etganlar. XVII asrning boshida inshootni qayta qurdilar. Uning oltiburchakli gumbazini terish uchun o‘sha paytda harobaga aylangan Bibixonim masjidi g‘ishtlarini ishlatishgan.
XX asrda esa uning arklarini qaytadan yasashdi va yangi poydevor qurishdi. Keyin gumbazni tiklashdi va tashqi pardozni yangilashdi. 2005 yilda esa Chorsu savdo gumbazini yana qayta qurishdi.
Hozirda u yerda o‘zbek rassomlari va haykaltaroshlari ishlarini tamosha qilish mumkin bo‘lgan tasviriy san’at galereyasi joylashgan.