Xo’ja Ziyomurod masjidi

Xo‘ja Ziyomurod masjidi Samarqandning eng qadimiy me’moriy inshootlaridan biri. U Registon maydonining shimolida joylashgan va o‘ziga xos tarixiy ahamiyatga ega.

Masjid IX-X asrda qurilgan poydevor ustida turibdi. Tiklash ishlari jarayonida u yerda Saljuqiylar davriga tegishli g‘isht topilgan. O‘sha paytda davlatni Saljuqiylarning oxirgi sultoni Ahmad Sanjar (1086-1157 yillar) boshqarar edi.

Afsonaga ko‘ra Amir Temur navbatdagi harbiy yurishdan Hazrati Jirjisning (Avliyo Georgiy) xokini olib keladi. Xokni izzat bilan masjid yaqinida ko‘mdilar. Lekin oktabr inqilobidan so‘ng Avliyo Georgiy qo‘yilgan yerni vayron qildilar. Aytishlaricha bu yerda qilingan iltijo mo‘jizakor kuchga ega ekan. Qilingan yaxshi niyatlar qisqa muddatda amalga oshar ekan. Buning natijasida masjid “niyatlarni tez amalga oshiruvchi” nomini olgan.

Zilzilalar va boshqa tabiiy ofatlar sababli qadimiy gumbaz vayron bo‘lgan. Keyin inshootning tomi yog‘och to‘sinlar bilan yopib qo‘yilgan. XIX asr oxirida uning perimetri bo‘yicha ayvon bunyod etdilar. Odatdagiday shu yerda minora ham joylashgan. Minoradan muazzin azon aytib xalqni namozga chaqiradi.

Sovet hukumati kelishiga qaramay u faoliyatini to‘xtatmagan. Oxirgi marotaba Xo‘ja Ziyomurod masjidini XX asr oxirlarida tiklashgan.

Выберите язык

O'zbek Русский English

Или скайчате приложение