Qadimdan shahar devorlari mudofaaning asosiy qismi hisoblangan. Uning faqat bir qismigina bizning davrimizgacha yetib kelgan. Ko‘p sonli yoriqlarga qaramay devor parchasi O‘rta Osiyo va Buxoroning noyob harbiy me’morchiligi yodgorligidir.
Shahristonning birinchi devorlari VIII asrda Tohiriylar davrida qurilgan edi. Aholining doimiy o‘sishi sababli IX asrning o‘rtasiga kelib yangi devorlar qurildi. Ammo vaqt o‘tishi bilan ular ham eskirib aholini himoya qila olmay qoldi. Shu sababli XII asr boshida Qoraxoniylar sulolasidan bo‘lgan Arslon xon buyrug‘i tufayli qal'a devorini yangitdan tuproq bilan mustahkamlandi. Bir ozdan keyin esa Ma’sud Qilich Tamg‘ochxon pishgan g‘ishtdan yangi Qal’a devorlarini barpo etdi.
Vaqt o‘tishi bilan ular ham yemirilib bordi va XIII asrning boshida qal'a devorlarini tiklash ishlari Muhammad Xorazmshoh yelkasiga tushdi. Ammo 1220 yild mo‘g‘ullarning qudratli qo‘shini Qal’a inshoatlarini vayronaga aylantirdi.
Mo‘g‘ullar yurishidan so‘ng Buxoro ko‘p vaqt o‘ziga kela olmadi va huvillab qoldi. Shahar XIII asrning ikkinchi yarmida yana qayta tiklana boshladi. Hukmdorning buyrug‘iga asosan ikkita katta madrasa — Masudiya va Xoniya barpo etildi. XVasrga kelib Buxoroni ikkita Qal’a devorlari xalqasi himoya qilar edi: tashqi — maydoni 5184 km² va ichki — maydoni 36 km².
Abdulazizxon buyrug‘i bilan XVI asrning o‘rtalarida Buxoro atrofida yana qo‘shimcha devor xalqasi barpo etildi.
Bizning davrimizgacha faqat shimoliy Talipach darvozasi va janubiy-g‘arbiy Qorako‘l darvozasi saqlanib qolgan. Ularning tuzilishi juda o‘xshash bo‘lganligi uchun bunday turdagi darvozalar an’ana bo‘lgan.
Arxeologlar va tarixchilarning fikricha, Buxoroda 11 shahar darvozasi bo‘lgan. Ulardan beshtasi Qal’a devorlarining saqlanib qolgan qismida joylashgan edi.
Janubda Buxoroni ko‘chmanchi qabilalardan Shayx Jalol darvozasi himoya qilgan. Afsuski u bizning davrimizgacha saqlanib qolmagan.