Buxorodagi Ark Qal’asi sharqning Kremlidir. Qal’aning yoshi to‘g‘risida aniq ma’lumotlar yo‘q, ammo VI asrda uning devorlari mahalliy hukmdorlarni himoya qilgan.
XX asr boshlarida qal’ada mingga yaqin kishi yashagan. Ular asosan Amirning yaqinlari va a’yonlar edi. Yana bu yerda saroy xizmatlari, hunarmandchilik ustaxonalari va g‘aznachilik joylashgan edi. Ark Buxoro Amirligi uchun qimmatga ega barcha narsaning markazi edi.
Ark buyuk olimlar va arboblarni mamnuniyat bilan qabul qilgan. Butun dunyoga mashhur tabib Abu Ali ibn Sino Arkning noyob kutubxonasida qadimiy qo‘lyozmalarni o‘qir edi. Arkda yana dono ruboilari juda ko‘p tillarga tarjima qilingan Umar Hayyom yashagan.
Arkning paydo bo‘lishi tarixi sirlidir. Afsonaga ko‘ra Siyovush ismli yigit malikaga ko‘ngil qo‘yadi. Lekin hukmdor o‘z qizini buqa terisi ustiga saroy qura olsagina unga berishga rozi edi. Zehni o‘tkir Siyovush bu holatning yechimini topdi. U terini ingichka qilib kesib, uchlarini birlashtirdi va shartli xalqa ichida chiroyli saroyni barpo etadi.
Tuzilishi va me’morchilik
Muhtasham va mustahkam istehkom Registon maydonida joylashgan. Balandligi 16-20 metrni tashkil etgan qalin devorlar qariyb 800 metrga cho‘zilgan edi. Ulardan birida katta charm kamchi savlat to‘kib turar edi. Bu Buxoro Amirining hokimiyati ramzi edi.
Barcha saqlanib qolgan binolar XVII-XX asrlarga tegishlidir. Qa’laga asosiy kirish yo‘li ikkita minora bilan bezatilgan. Maxsus galereya yordamida ular qorovulxona va ayvonlar bilan birlashtirilgan.Darvozaga ko‘tarilish esa pandus shaklidadir. Usti yopiq uzun yo‘lakdan u Jome masjidiga olib boradi.
Ark qal’asi Buxoroning eng qadimiy me’moriy va Arxeologik yodgorligi hisoblanadi. Uni ko‘p bora vayron qilishgan. Ammo har doim qayta tiklangan. Hozirda shahar qal’asida Buxoro davlat badiiy-me’morchilik muzey-qo‘riqxonasi joylashgan.