Oq Masjid

Xiva O‘zbekistonning eng qadimiy shaharlaridan biridir. U o‘ziga xosligi va me’morchiligining dastlabki ko‘rinishlarini saqlab qolgan.

Shaharning har bir binosi va ko‘chasi mubolag‘asiz o‘z tarixiga egadir. Ko‘p sonli yodgorliklarning ichida “Ichan qal’a” alohida ajralib turadi. Bu 300 oila yashovchi ochiq havoda joylashgan gavjum muzey-shahardir.

Uning ichida hukmdorlarning hashamatli saroylari, ko‘p sonli madrasalar, baland minorali masjidlar, hashamat bilan bezatilgan maqbaralar hamda savdo maydonlari joylashgan. Savdo maydonlari orasida hatto qullar bozori ham mavjud.

Oq masjid Xivaning muhim diniy inshootlaridan biridir. Masjid - so‘zi arab tilidan olingan. Polvon darvozasi yaqinida joylashgan Oq masjid o‘zgacha me’morchiligi bilan ajralib turadi.

U bir necha bosqichda barpo etilgan. 1647-yilda Shayboniylar sulolasi vakili Anushxon davrida masjidning poydevori qurilgan. Ammo uning eshiklarida qolgan yozuvlarga ko‘ra masjidning qurilishi faqatgina 1838-1842 yillarga kelibgina o‘z yakuniga yetadi. Bu paytga kelib davlat boshqaruvi Qo‘ng‘irot sulolasi qo‘liga o‘tgan edi. Yana shu yozuvlardan bilsak bo‘ladiki yog‘och o‘ymakorligi ishlarini mashhur mahalliy usta Qalandar va usta Nur Muhammad bajarganlar.

Masjid gumbazli xona ko‘rinishida qurilgan. Unga uchta tor galereya tutashgan. Tashqi tomoni esa yog‘och ustunli uchta ayvon bilan o‘rab olingan.

Masjid har kunlik namoz o‘qilishi uchun xizmat qilgani sababli anchagina oddiy ko‘rinishga ega. Uni bezashda naqshlardan deyarli foydalanilmagan. Devorlari oq ganch suvoq bilan qoplangan. Faqatgina uning eshiklari va romlarida ishlatilgan nafis yog‘och o‘ymakorligi ichki va tashqi ko‘rinishini biroz jonlantiradi. Deraza romlariga ganch panjaralar o‘rnatilgan.

O‘rta asr Xivasining eng go‘zal inshootlaridan biri bo‘lgan Oq masjid o‘zining oddiyligi va ihchamligiga qaramay Ichan qal’aning boshqa masjidlaridan yaqqol ajralib turadi.

Выберите язык

O'zbek Русский English

Или скайчате приложение