Pahlavon Mahmud me’moriy majmuasi

Har bir millatning xalq og‘zaki ijodida jasur va kuchli qahramonlar haqida dostonlar mavjud. Markaziy Osiyoda shunday qahramonlarni pahlavonlar deb atashadi. Eng mashhur pahlavonlardan biri bu xorazmlik Pahlavon Mahmuddir.

U oddiy mo‘ynado‘z bo‘lishiga qaramay uzoq uzoqlarga buyuk kurashchi sifatida dong‘i ketadi. U faqatgina birbora yutqazgan. Pahlavon Mahmud o‘zining raqibi unga yutqazsa qatl etilishini bilib, unga atayin yutqazib bergan. Hozirgi kunda ham eronlik kurashchilar olishuvga chiqishdan oldin Pahlavon Mahmudning ruhidan g‘alabani so‘rashadi.

Yana bir chiroyli afsonaga ko‘ra u boshqa mamlakatda g‘alabaga erishadi. Shu mamlakat hukmdori unga mukofot sifatida nima istashini so‘raydi. Shunda Pahlavon Mahmud belbog‘iga sig‘ganicha xorazmliklarni uyiga olib ketmoqchiligini aytadi. U sigir terisini ingichka tasma qilib kesib hamma asir xorazmliklarni beliga belbog‘ qilib bog‘laydi va o‘zi bilan olib ketadi.

Undan tashqari u yaxshi she’rlar yozgan va dono faylasuf bo‘lgan.

Afsonaga ko‘ra Pahlavon Mahmud 1322 yoki 1325-yili vafot etgan. Uni o‘zining ustaxonasining hovlisida dafn etganlar. Xivaliklar uni o‘zlarining homiylari sifatida izzatlashar edi. 1701-yilda esa uning qabri ustiga sag‘ana barpo etdilar. Inshootning o‘zi va qabr toshini xon maqbalariga xos an’anaviy oq va moviy koshinlar bilan bezatishgan.

Bu yerga ko‘p sonli ziyoratchilar kela boshladi. XIX asrning birinchi yarmida inshootga taqab sharqiy galereya ham barpo etildi. Maqbarada hukmdorlarni ham dafn eta boshlashdi, shu sababli uni Xiva xonlari sag‘anasiga aylantirdilar.

XIX asrning oxirida maqbarada masjid, madrasa va ko‘r insonlar yashaydigan to‘rt xayriya muassasalarini (qorixona) barpo etadilar. Qum bo‘ronlari tufayli xorazmliklar bu dardga tez-tez chalinar edi.

Ziyoratchilar uchun yotoqxonalar – hujralar va oshxona qurdilar. XX asrning boshida maqbara oldida ikki qavatli bino barpo etildi. Binoda Isfandiyorxonning chiroyli bezatilgan sag‘anasi joylashgan.

Pahlavon Mahmud me’moriy ansambli yaqinida namoz o‘qish uchun Oq Masjid joylashgan.

Выберите язык

O'zbek Русский English

Или скайчате приложение