Ichan Qal’a “ichki mudofaa doirasi” degan ma’noni beradi. Qadimiy majmua Xiva ichida to‘liqligicha saqlanib qolgan shahardir.
U o‘rta asrlardagi sharq shaharlari qanday tuzilganligini ko‘rsatadi. Uning eshiklari ortida an’anaviy tarzda qurilgan 400 turar joy inshootlari va 60ga yaqin turli me’moriy yodgorliklar joylashgan. Ular o‘zlarining dastlabki ko‘rinishini saqlab qolgan hamda afsona va rivoyatlarni o‘ziga singdirgan.
Rivoyatlarga ko‘ra Ichan qal’aga o‘lgan insonlarni olib kirish mumkin bo‘lmagan. Shuning uchun qal’a tashqarisida vafot etgan insonlarni uning devorlari ostida dafn etganlar. Yer osti suvlari yer yuzasiga juda yaqin bo‘lgani uchun qabrlarni yuzaroq qilib qazishgan. Shu sababli shahardagi inshootlar baland poydevorlarga ega.
Ichan Qal’ani 1598-yilda qura boshladilar. Shu davrda Amudaryo kutilmaganda yana o‘zanini o‘zgartirdi. Va Xorazm vohasi poytaxti Gurganjdan (hozirgi Urganch) majburan Xivaga ko‘chiriladi.
O‘rta asr shahri bir kvadrat kilometr maydonda joylashgan xolos. Uni balandligi 8-10 metr va qalinligi 5-6 metr bo‘lgan mustahkam devor himoya qilgan. Tashqi perimetrda uning uzunligi 2250 metrni tashkil qiladi. Devorni quyoshda quritilgan hom g‘ishtdan barpo etganlar. Uning tepasida kichik tuynuklarga ega dandanali to‘siqlari bor. Har 30 metrda esa mudofaa minoralari joylashgan.
Shaharning har tarafida o‘z darvozalari bo‘lib, ularning ustida kuzatish galereyalari joylashtirilgan. Yana ular hujum uchun mo‘ljallangan minoralar himoyasi ostida bo‘lgan.
Ichan qal’aning ostonasi suv to‘ldirilgan handaq yordamida himoya qilingan. Qadimda va o‘rta asrlarda bu muhim mudofaa usullaridan biri edi. Bundan tashqari handaq oqava va zahni qochirish tizimi sifatida ham xizmat ko‘rsatgan. Hozirda u ko‘mib yuborilgan bo‘lsada, Ichan Qal’aning janubiy qismida uning bo‘rtmasini (relyefini) ko‘rish mumkin.
O‘rta asrlarda shaharni ko‘p bora vayron etishgan, ammo uni har gal qaytib tiklaganlar. U Markaziy Osiyoda birinchi bo‘lib butunligicha YuNESKOning Butunjahon merosi ro‘yxatiga kiritildi.