Juma masjidi

Juma masjidi Ichan Qal’aning markazida joylashgan. U xoning to‘rasi Abdurahmon Mehtar tomonidan qurdirilgan. Aslini olganda masjid – bu 212 o‘ymakor yog‘och ustunlar ustida turgan yog‘och shiftli maydon. Bunday ko‘rinishdagi masjidlar Markaziy Osiyoda ancha kam uchragan.

Zamonaviy Juma Masjidini XVIII asrda barpo etganlar. Uning shiftida faqatgina uchta darcha bo‘lgani uchun kunduzi ham u yerda yarim qorong‘u bo‘ladi. U o‘zi bilan atrofdagi hamma narsani berkitib, insonni mulohazaga chorlab, ma’naviy haqiqatni izlashga undaydi. Butun daraxt tanasidan yasalgan ustunlar qatori esa maydonni shartli chegaralar yordamida qismlarga bo‘ladi. Juma masjidning muhiti insonni meditativ holatga tushib, o‘z ichki olamiga nazar solishiga yordam beradi.

Ustunlarning katta qismi XVIII-XIX asrga oiddir. Ular shaharning hamma yeridan yig‘ilgan. Har bir ustun o‘zining balandligiga ega bo‘lgani uchun ustalar ularni tosh asosga o‘rnatadilar. Boshqa ustunlar esa tashlandiq o‘rta asr inshootlaridan olib kelingan. Misol uchun Amudaryo suvlari ostida qolgan Qiyot shahridan. Qiyot o‘rta asr Xorazmining poytaxti bo‘lgan. Aytish joizki daryo o‘zani tez-tez o‘zgarib turgan. Shu sababli poytaxt vaqti-vaqti bilan ko‘chib turgan. 1598-yilda daryo suvlari yana o‘zanini o‘zgartigani uchun poytaxtni majburan Gurganjdan (hozirgi Urganch) Xivaga ko‘chirdilar.

Juma masjidning har bir ustuni o‘ziga xos, takrorlanmas qiyofasiga ega. Naqshlar mavzui, yozuvlar uslubi nafaqat ustalarning tafakkuriga, balki davrning an’analariga ham bog‘liq bo‘lgan. Ularga asoslanib tarixchilar 21 ta ustun X-XII asrlarga oid ekanligini aniqladilar. Ularning orasida 4 ta ustun alohida qimmatga ega. Ulardagi kufiy yozuvlarga ko‘ra Abul Fadal Al-Muhammad Laysi ustunlarni Juma Masjidga hadya qilgan.

Masjidning mehrobi ustiga ganchli yarim gumbaz joylshtirilgan. Ikki tarafida ham o‘simliklar tasvirlangan naqshlar solingan.32,5 metr balandlikka ega minoraning yonida joylashgan kirish darvozasi Xorazm yog‘och o‘ymakorligining noyob durdonasi hisoblanadi. Muazzinlar musulmonlarni usti sakkiz arkali tuynuk bilan bezalgan minoradan turib namozga chaqirganlar.

Juma masjidi o‘rta asrlar O‘zbekistonining va O‘rta Osiyosining eng noyob va esda qolarli inshootlaridan biridir.

Выберите язык

O'zbek Русский English

Или скайчате приложение