Xiva o‘zida ikki shaharni birlashtirgan: bu ichki mudofaa halqasi Ichan Qal’a va tashqi mudofaa halqasi – Dishan qal’a. Har biri bir-biridan alohida joylashgan.
Ichan Qal’a butunligicha saqlanib qolgan bo‘lsa, Dishan Qal’adan aksincha uchta darvozadan boshqa hech narsa qolmagan. Bu uch darvoza: Qo‘sh, Gandimiyon va Hazorasp darvozalaridir.
Dishan Qal’ani XIX asr o‘rtalarida Allaqulixon buyrug‘i bilan 3 yil davomida barpo etilgan. O‘sha paytlarda shaharga tez-tez turkman qabilalari hujum qilishardi. Xonning 200 mingga yaqin fuqarosining har biri qurilishda yilda bir marotaba 12 kun bepul tarzda ishlab bergan. Shunday qilib uzunligi 6 ming metr, balandligi 8 metr va kengligi 6 metrgacha bo‘lgan devorni qurish uchun bor-yo‘g‘i 3 yil vaqt sarflandi. Bu o‘sha davr uchun rekord ko‘rsatkichdir.
Qurilishning asosiy xom-ashyosi somon bo‘lgan. Loydan g‘isht quyishgan, keyin quyoshda quritishgan. Shunday xom-ashyodan deyarli barcha turar joy inshootlari qurilgan edi. Ammo ular vaqt o‘tishi bilan eskirib borar va yaroqsiz holga kelib qolardi. Shunda ular ajratib olingan, loy ivitilgan, undan yana g‘isht yasalgan va quyoshda quritilgan. Aytish mumkin bu shaharsozlik uchun eng qulay vosita edi.
Ichan Qal’ada bo‘lgani kabi devorlarning uchida kamondan yoki boshqa quroldan otish mumkin bo‘lgan kichik tuynuklarga ega dandanali to‘siqlar bor edi. Teng masofa oralig‘ida katta mudofaa minoralari joylashtirilgan. Shaharni yana suv to‘ldirilgan handaq himoya qilgan. Qorong‘i tushishi bilan shahar darvozalari berkitilgan.
U muhim mudofaa vazifasini bajarganligi uchun uning tepasida kuzatuv galereyalari joylashgan. Ark shaklidagi o‘tish joyining ikki tarafida hujumkor minoralar qurilgan edi. Soqchilar har doim jangovor shaylik holatida turganlar.
Dishan qal’aning 10 ta darvozasi bo‘lgan. Sharqiy darvoza qishloq nomiga Pishqaniq deb nomlangan. G‘arbiy Shohimardon shu nomli qabriston nomi bilan atalgan.
Sayyohlarni ko‘proq ochiq osmon ostidagi muzey - Ichan Qal’a qiziqtirishiga qaramay, Dishan Qal’a hududida ham qadimiy me’moriy yodgorliklar saqlanib qolgan.