Ichki mudofaa halqasi Ichan Qal’a qadimiy Xivaning qoq markazida joylashgan. Uning devorlari ba’zi joylarda 10 metr balandlikka va 6 metr kenglikka ega. Tashqi tarafdan uzunligi esa 2250 metrni tashkil etadi.
Ichan Qal’aning har tomonida darvozaxona inshootlari joylashgan edi. Shaharga kirish uchun g‘arbda Ko'n arka qal’asi yonidagi Ota darvozasidan, shimoldan kirish uchun esa Bog‘cha darvozasidan, sharqda esa Polvon darvozasidan, Janubda esa Tosh darvozasidan o‘tish kerak edi.
G‘arbiy Ota darvozasi Ichan Qal’aning asosiy darvozasi hisoblangan. Uning balandligi 10 metrni, kengligi esa 4 metrni tashkil etgan. Birinchi bor darvozani 1842-yilda qurganlar. 1920-yilda esa u vayron etilgan, ammo yarim asr o‘tganidan so‘ng uni qayta tiklaganlar. Uning o‘ng tomonida Muhammad Aminxon madrasasi joylashgan.
Shimoliy Bog‘cha darvoza balandligi 8,5 metr bo‘lgan simmetrik inshootdir. Janubiy burchak minoralaridan tepaga olib boruvchi zinapoyalar ko‘tarilgan.
Sharqiy Polvon darvozasining nomi xorazmliklarni asirlikdan qutqargan afsonaviy Pahlavon Mahmudga bag‘ishlab berilgan. Xivaliklar uni o‘zlarining homiysi deb hisoblashadi. Darvoza arksimon peshtoq shakliga ega va u yer odamlarning qatl etilganligi bilan mashhur. Shuning uchun xivaliklar uni qatl darvozasi deb ham atashadi.
Janubiy Tosh darvozasi 1830-yilda qurilgan bo‘lib uning balandligi 9 metrni tashkil qiladi. O‘sha davrda Xivaning hukmdori Allaqulixon edi. Shahar aholisidan tashqari darvozadan yuklar ortilgan tuyalarni ham o‘tkazganlar. Shu sababli bu darvoza oldida bojxona joylashgan edi. Ular mollarni (tovarlarni) ko‘rikdan o‘tkazishar va savdogarlardan boj yig‘ishar edi. Aytib o‘tish kerakki o‘sha davrda Samarqanddan Buxoroga so‘ng Xivaga kelish uchun bir oydan ziyodroq vaqt kerak bo‘lgan.
Darvoza ortida yo‘lovchilarga keng xon saroylari, hashamatli masjidlar hamda maqbaralar va karvon saroylarga ega ertakdagiday go‘zal shahar ochilar edi.
1990-yilda Ichan Qal’a YuNESKOning butunjahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan.