Tosh hovli saroyi

Xiva xonlarining saroyi - Tosh hovli bu XIX asr me’morchiligi namunasidir. U mahalliy me’morlar Tojiddin va Qalandar loyihasi bo‘yicha qurilgan. Qurilish 1831-yilda boshlangan va 10 yil davom etgan.

Katta inshoot 163 ta xonadan iborat va Polvon darvozasi yaqinida joylashgan. U an’anaviy dandanali qalin g‘isht devor bilan o‘ralgan. Chetlarida esa kichkina guldasta minoralari joylashgan.

Yotoqxonalardan tashqari xon qarorgohida xon mehmonlarni qabul qiluvchi xona – arzxona va ko‘ngil ochar tadbirlar o‘tadigan ishratxonalar ham mavjud edi. Xon oilasi va xizmatkorlardan tashqari saroyda a’yonlar ham hayot kechirishgan. Yana saroyda maxsus xona bo‘lgan, unda xon arzlarni ko‘rib chiqqan va qaror qabul qilgan. Qatlga hukm qilingan odamni maxsus yo‘lakdan olib borganlar.

Saroyning badiiy bezagi Xiva uchun odatiy moviy, och ko‘k va oq rangli koshinlar, keramik qoplamalar va naqshlarga boy. Hovlini nafis o‘ymakor yog‘och ustunlar bezab turadi. Xususan xon haramidagi ustunlar judayam go‘zal.

U Tosh hovlining yarmini egallar edi. Aslida bu bitta katta oilaviy hovli edi. U yerga kirish saroy a’yonlariga ham taqiqlangan edi.Bugun sayyohlar taqiqlangan hovlida bemalol sayr qilishmoqda. Hozirda ham ko‘p sonli xonalarning birida XIX asr oxiriga tegishli karetani ko‘rish mumkin.

U bilan qiziqarli voqea bog‘liq. Xiva xoni qishda rus shohining mehmoni bo‘lgan. Uni ajablantirgan holat bu Qishki Saroyning anchagina issiqligi bo‘lgan. Rus shohi unga saroy xonalarini kamin yordamida isitilishini tushuntirib beradi. Xon unga ham usta jo‘natishni so‘raydi. Kamin ustasi Xivaga yo‘l karetasida yetib keladi. Xoning rafiqalari bungacha kareta ko‘rmaganliklari sababli tarifga sig‘maydigan zavqqa kelishadi. Ishlar yakunlanganidan keyin rus ustasi uni xon oilasiga qoldirib ketish afzalligini tushunadi. Usta Rossiyaga har pochta bekatlarida almashtiriladigan aravada qaytadi. Xonning rafiqalari esa uni uzoq vaqt minnatdorchilik bilan eslashar va mamnuniyat bilan karetada hovli bo‘ylab sayr qilardilar.

Выберите язык

O'zbek Русский English

Или скайчате приложение