1997-yilda Xiva o‘zining 2500 yilligini nishonladi. U O‘rta Osiyoning eng qadimiy shaharlaridan biridir. Ichan Qal’a esa YuNESKO butunjahon merosi ro‘yixatiga kiritilgan.
Ichan Qal’aning yuragi esa bu Ko‘n arka inshootidir. Uning nomi “keksa qal’a” deb tarjima qilinadi. Sharqiy saroyning mustahkam devorlari ortida xon yashagan. U yerda betashvish hayot kechirish, ishlash va ko‘ngil ochish uchun kerakli barcha narsa bor edi. Xon oilasidan tashqari u yerda a’yonlar va qo‘shin hayot kechirgan. Bunday inshootlar barcha yirik shaharlarda mavjud edi.
XVIII asrning oxiridan boshlab u ishonchli himoyalangan “shahar ichidagi shahar” edi. Uning qurilishi 1686-1688-yillarda, Shayboniyalar hukmronligi davrida boshlandi. Qurilish faqatgina XIX asrning ikkinchi yarmiga kelibgina yakuniga yetdi. Shu davrda qurilish ishlari juda qizg‘in edi. XVIII asrda Eron qo‘shinlari tomonidan vayron etilgan inshootlar ommaviy tarzda qayta qurilayotgan va tiklanayotgan edi. Xonning qarorgohidan faqatgina bir necha inshoot qoldi. Misol uchun, soqchilar xonasi va haramxona.
Ko'n arka qal’asi oldidagi maydonda harbiy o‘quv mashg‘ulotlar va tantanavor namoyishlar o‘tkazilar edi. Undan tashqari bu yerda omma oldida qatl o‘tkazilardi. Uning devoriga zindon tutashib turardi. Xohlovchilar zindon xonalarining o‘tmishdagi tuzilishini va mahbuslar manekenini ko‘rishlari mumkin.
Saroy darvozasidan chap tarafda otxonalar, ustaxonalar, omborlar va qorovulxonalar joylashgan edi. Maxsus hovlida esa xon xorijlik elchilarni qabul qilgan.
Muhammad Rahimxon buyrug‘iga asosan saroyda haramxona paydo bo‘ladi, soliq islohotidan so‘ng esa zarbxona ham barpo etildi. Hozirgi kunda u yerda muzey faoliyat ko‘rsatmoqda. Muzeyda Xiva xonligida foydalanilgan tangalar, ipak tolasidan va hatto qog‘ozdan tayyorlangan pullarni ko‘rish mumkin. Aytib o‘tish kerakki, qog‘oz pul iqlimning quruqligi uchun haqiqiy hasham hisoblangan.
Diqqatga sazovor hol, zarbxona ustalari soqol qo‘yishmas edi.Shu davrda soqolsiz bo‘lish odobsizlik hisoblanar edi. Oltin kukuni sochlarda o‘tirib qolar va uni zarbxonadan osonlik bilan olib chiqib ketish mumkin edi. Bir gramm oltin yo‘qolmasligi uchun barcha ishchilar soqolini olib yurushlari kerak edi.