Said Alovuddinning qadimiy maqbarasi bizning kungacha saqlanib qolgan. U go‘rxona va ziyoratxonadan iborat.
So‘fiy shayx to‘g‘risida sharqning mashhur yozuvchilari va shoirlari Navoiy va Jomiy, hamda tarixchi Ahmad Roziy asarlaridan bilib olish mumkin. U judayam dono va sahiy inson sifatida nom chiqargan edi.
Me’morchilik
Binoning tashqi ko‘rinishi boshqa shunday inshootlarga nisbatan kamtarona ko‘rinishi mumkin. Maqbaraning burchaklaridagi bo‘rtma muqarnaslar ancha oddiy ko‘rinadi. Ammo unung ichki bezagi bilan keskin farq qiladi.
Dahmaning asosi zinapoyali tepalik shakliga ega. Burchaklarda tekis ustunlar yuksalib turadi. Maqbara judayam go‘zal koshinlardan terilgan naqshlar bilan bezatilgan. Bunday naqshlarni Xivada boshqa uchratmaysiz. Faqatgina Ko‘n Urganchda, Shayx Najmiddin Kubro maqbarasida ishlanish usuli shunga yaqin bezak bor. Aytib o‘tish joizki naqshlar deyarli bir vaqtda chizilgan edi.
Maqbaraning ichi Markaziy Osiyoning o‘rta asrlar me’morchiligida ommaviy bo‘lgan o‘simlik naqshlari bilan bezatilgan.
Said Alovuddin maqbarasi 1825-yilda butunlay tiklandi va ba’zi joylari esa qayta qurildi. Bino ichida tokchalar o‘rnatildi, polga Xiva g‘ishtidan yotqazildi. Devorlarni ganch bilan bezashdi, so‘ngra esa tiklash ishlarini Allaqulixon o‘tkazdi degan yozuv qoldirilgan.
Said Alovuddin maqbarasi hozirda ham qadimiy Xivaning eng chiroyli va yodda qoladigan ziyoratgohlaridan biridir.