Islom Xo‘ja Madrasasi va Minorasi

O‘zining ancha yoshligiga qaramay Islom Xo‘ja ansambli Xivaning haqiqiy marvarididir. U XX asrning boshida barpo etilgan bo‘lsa ham, me’morchiligi XI-XII asrlar me’morchiligini eslatadi.

Islom Xo‘ja minorasi ansamblning asosidir. Uni o‘z mablag‘lari evaziga bosh vazir Islom Xo‘ja barpo ettirgan. U Muhammad Rahimxon saroyida xizmat qilgan, ilg‘or qarashlarga ega va Chor Rossiyasi bilan mustahkam aloqalarni rivojlantirish tarafdori edi. Xiva xonligini har taraflama rivojlantirish uchun u Sankt-Peterburgdan yangi g‘oyalarni olib kelar edi. U Xivadagi birinchi dunyoviy maktab ochish tashabusskoriga aylangan.

Biroq hamma xivaliklar ham o‘zgarishlar tarafdori emas edilar va shu sababdan xon bilan vazirni bir-biriga qarshi qilishga harakat qilar edilar. Natijada Islom Xo‘jani shahardan tashqaridagi qarorgohida ketayotganda o‘ldiradilar.

Me’morchilik

Bugungi kunda madrasa va minorani Ichan Qal’aning tashrif qog‘ozi desak bo‘ladi. Ansambl keskin farqlanishlar asosida barpo etilgan. Me’mor loyihasi bo‘yicha Xivaning eng baland minorasi kichkina madrasa yonida joylashgan. Buning natijasida minora yanada salobatli tuyuladi va uni uzoqdan ko‘rish mumkin. O‘tgan asrning boshida u mayoq sifatida xizmat qilgan va karvonlarga yo‘ldan adashib qolmaslikka yordam bergan.

O‘zining XIV asr an’analariga xos go‘zalligi va 56,6 metr balandligi bilan u hatto Buxorodagi Minorai Kalonni ham ortda qoldirdi. Uning ko‘k, moviy, oq va havo ranglardagi koshinli naqshlari Xivaning toza osmonida tovlanib turibdi. 45 metr balandlikda Xivaning barcha yodgorliklarini ko‘rish mumkin bo‘lgan kuzatish maydonchasi joylashgan.

Islom Xo‘ja madrasasi va minorasi bir-biriga zich joylashgan. Madrasa ichida keng xona va talabalar bilan o‘qituvchilar yashashi uchun 42 ta hujra bor. Madrasaning janubiy-sharqiy qismida bir gumbazli masjid qurilgan. Uning ichi ganch naqshlari va rang-barang koshinlar bilan bezatilgan.

Islom Xo‘ja ansambli Xivanng eng go‘zal me’moriy majmualaridan biridir.

Выберите язык

O'zbek Русский English

Или скайчате приложение