XIX asrning o‘rtalarida Muhammad Aminxon islom olamidagi eng buyuk majmuani qurishga ahd qiladi. U Xiva xonligining kuchi va buyukligini ko‘rsatmoqchi edi. Chunki u asrlar davomida nafaqat mustaqil, balki o‘z an’analariga sodiq ham qoldi.
Ammo uning mag‘rurligi jazolangan. Muhammad Aminxon madrasasini qurib bitirishadi, lekin minora bitmay qolib ketadi.
Madrasa Markaziy Osiyodagi eng mashhur o‘quv dargohlaridan biri edi. Uning go‘zalligi esa sayyohlarni o‘ziga maftun etadi. Lekin Kaltaminor sayyohlarni o‘ziga ko‘proq tortadi.
U dunyodagi eng baland minora sifatida loyihalashtirilgan – 80 metr. Bu Buxoradagi Minorai Kalondan deayrli ikki baravar (46 metr), Dehlidagi Qutb Minordan (78 metr) biroz yuqori bo‘lishi kerak edi. Biroq xon Hurosonga yurish paytida turkmanlar qo‘lidan halok bo‘ladi. Undan keyingi xonlar bir-birini tez-tez almashtirar, mablag‘lar esa o‘zaro urushlarga yo‘naltirilar edi.
Vaqt o‘tgani sayin Minoraning kaltaligini tushuntirib beruvchi afsonalar ham paydo bo‘ladi. Aytishlaricha me’mor Buxoroda bundanda yuqori minora qurishi ma’lum bo‘lib qolganidan so‘ng uni shu minora ustidan yerga tashlab yuborishgan ekan. Aytish kerakki sharq me’morlari bunday qismatga tez-tez duchor bo‘lar edilar. Boshqa me’morlar esa uni ishini davom ettirishga qo‘rqqanlar.
Boshqa afsonaga ko‘ra esa xon havoza tepasiga chiqadi va yana bir oz ko‘tarilsa haramxona ko‘rinishini sezadi va shu sababli tezlik bilan qurilishni to‘xtatadi.
Natijada uning balandligi 26 metrga yetkanda qurilish to‘xtaydi. Shunga qaramay u Xivaning eng ommaviy yodgorliklaridan biridir. Minoraning tashqi qismi sirlangan koshinlar bilan qoplangan. Ular quyosh nurlari ostida ko‘k, moviy va oq ranglarda jilvalanib turadi.
Kalta Minor, nafaqat Xivaning balki O‘rta Osyining ana shunday inshootlari orasida yaqqol ajralib turadi. U unsiz tarzda Xiva xonligining buyukligi va halokatini yodga solib turad