Muhammad Rahimxon madrasasi

1871-yilda Said Muhammad Rahimxon II madrasa qurishga buyruq beradi. U sayohlarni ulug‘vorligi bilan hayratga soladi. Egallab turgan yer maydoni kattaligi bo‘yicha Xivada birinchilardan bo‘ladi.

Muhammad Rahimxon madrasasi Ko‘n Ark qal’asi va savdo rastalari yonida joylashgan.

Uning ochilish marosimida shoirlar va olimlar qatnashgan. Ular o‘z sherlarida xonni marhamatliligi uchun maqtashgan va uning ulug‘vorligini tarannun etishgan. Chunki u qurilish tamom bo‘lganidan so‘ng me’morlar, ustalar va hunarmandlarni sahiylik bilan taqdirladi. Ochilish marosimida xonning shaxsan o‘zi 118 tillo (tilla tanga) tarqatgan.

Me’morchilik

Madrasa me’morchiligi o‘z davrining odatiy ko‘rinishidan ajralib turadi. Bir qavatli hujralar bu yerda madrasa qurilmasidan avval paydo bo‘lgan. Ular binoning old tomonida kichkinagina hovlini yuzaga keltiradilar. 76 ta hujraning har birida ikki kishidan yashashgan. Madrasada darsxonalardan tashqari yozgi va qishki masjid va qadimiy qo‘lyozmalar saqlanadigan kutubxona ham bunyod etildi. Old tomonning ikki chetida an’anaviy guldasta minoralar turadi.

O‘rta asrlar inshootlarida keng qo‘llanilgan koshinlar va sirli g‘ishtlar devorlarda jimjimador naqshlarni yuzaga keltirganlar. Madrasa peshtoqini an’anaviy arab yozuvlari bezagan. Eshik tepasini esa marmar toshdagi mashhur Komil Xorazmiyning fors tilidagi sh’eri bezab turadi.

XX asr oxirida, O‘zbekiston mustaqillika erishganidan so‘ng madrasa butunlay qayta tiklandi. Muhammad Rahimxonning 150 yilligiga bag‘ishlab u yerda “Xorazm tarixi va adabiyoti” ko‘rgazmasi ochildi. Shu tufayli Xorazm davlati madaniyati va san’ati bilan yaqindan tanishish mumkin. Yana o‘rta asrlar Markaziy Osiyosiga davlat siyosatining ta’siri haqida bilish mumkin.

Muhammad Rahimxon madrasasi avvalgidek o‘zining katta ko‘lami va me’moriy an’analarining o‘ziga xosligi bilan lol qoldirmoqda.

Выберите язык

O'zbek Русский English

Или скайчате приложение