Ko‘rinishxona

Zamonaviy Ko‘rinishxona Eltuzarxon inshooti asosida paydo bo‘lgan. Bu tor kirish eshigi sharqda joylashgan, past paxsa devorli alohida hovlidir.

Hovli o‘rtasida g‘ishtli dumaloq ayvon turadi. U yerda Xiva xonlari qo‘shni mamlakatlardan kelgan mehmonlarni qabul qilgan. Hovlida yana bir juda ham go‘zal ayvon qad ko‘targan. Uning shiftini ikkita o‘ymakor ustun tirab turadi. Devorlari esa sirlangan g‘ishtlar bilan qoplangan. Tepasida esa o‘zbek tilida sh’erlar bitilgan.

Ayvon shiftini 1934-yilda tikladilar. Uni boshqatdan rang-barang o‘simlik naqshlari bilan bezashdi. Ayvonning janubiy devorida uchta o‘ymakor eshiklar joylashgan. Ular ayvon uzunligiga barobar, taxt o‘rnatilgan tor xonaga olib boradi. Bu xona ham Xudoyorxonning Qo‘qon saroyidagi taxt o‘rnatilgan xonasini va XIX asrdagi Buxoro, Samarqand va Toshkentning boy uylarining mehmonxonalarini ham yodga soladi.

Yana saroyda hukmdor dam oladigan kichkinagina shaxsiy xona bor. O‘ziga e’tibor tortmaslik uchun uning devorlari ganch suvoq bilan pardozlangan va sodda o‘ymakor naqshlar bilan bezatilgan.

Saroyda qabulni kutayotganlar uchun inshoot ko‘zda tutilgan edi. U taxt o‘rnatilgan xona bilan bir xil o‘lchamga ega edi. Uning yonida xonlik g‘aznasi saqlanadigan inshoot joylashgan edi.

Yozgi masjidning hovlisida ingichka yog‘och ustunlar ushlab turadigan chiroyli ayvon joy olgan. Ayvon devorlari, mehrob va minbar (imom hutba o‘qiydigan joy) o‘simlik naqshlari chizilgan va sirlangan koshinlar bilan bezalgan edi.

Shift yaqinida chiroyli xat bilan forscha she’rlar yozilgan. Ularga ko‘ra masjid 1838-yilda Allaqulixon buyrug‘i bilan qurilgan.

Ko‘p yillar avvalgiday Ko‘rinishxona beihtiyor o‘ziga maftun etadi. U sharqona nazokat va me’morichilik an’analarining yorqin misoli bo‘ladi.

Выберите язык

O'zbek Русский English

Или скайчате приложение