Qutlug‘ Murod inoq va Abdullaxon madrasalari

Qutlug‘ Murod inoq madrasasiga qadar Xivada bir qavatli diniy muassasalar bo‘lgan. Yana avvallari ustalar binolarni bezatishda sirlanmagan bo‘rtmadan foydalanmas edilar. Ushbu ikki omil yangi madrasani noyob me’moriy yodgorlikka aylantirdi.

Bu bilan uning o‘ziga xos xususiyatlari tamom bo‘lmaydi. Madrasada Qulug‘ Murod inoqning o‘zi dafn etilgan. U madrasada dafn etilishi to‘g‘risida vasiyat qoldirgan edi, ammo Dishan Qal’a hududida hayotdan ko‘z yumgan. Shu davrda Xivada odat bo‘yicha Ichan Qal’a eshiklaridan o‘lgan insonlarni olib o‘tishmas edi. Bu shahar aholisiga baxtsizlik keltiradi deb hisoblar edilar. Odamlarni shahar eshiklari ostonasiga dafn etishar edi. Shu bilan birga qabrlarni yer osti suvlari tegmasligi uchun balandroqqa ko‘tarishga harakat qilishar edi.

Biroq diniy ulamolar ayyorlik qilishadi va devorning kichik qismini buzdirishadi. Shu buzilgan qismdan Qutlug‘ Murod inoq tanasi Ichan Qal’aga olib o‘tiladi.

Diniy muassasa yaqinida uning o‘g‘li Abdullaxon madrasasi barpo etilgan. U 1855-yilda turkmanlar bilan jangda halok bo‘ladi. Inshootni uning onasi barpo ettiradi. G‘oya bo‘yicha u otasining madrasasining aynan o‘zi bo‘lishi kerak bo‘lgan. Lekin quruvchilar negadir ikkita eshik o‘rnatganlar, bu esa qabul qilingan mezonlarga to‘g‘ri kelmas edi.

Ikkala madrasa XIX asr Xiva me’morchiligining yorqin namunasidir.

Выберите язык

O'zbek Русский English

Или скайчате приложение