Bir qavatli Xo‘jamberdibiy madrasasini g‘ishtdan 1688-yilda bunyod etdilar. Aytib o‘tish kerakki, ikki qavatli madrasa faqatgina XIX asr o‘rtalarida paydo bo‘ldi.
Xo‘jamberdibiy madrasasi sharqiy Polvon darvozasi yaqinida joylashgan. Bir yarim asrdan so‘ng Allaqulixon diniy muassasa - madrasa qurilishini boshladi. Shunday qilib 1834-yilda yangi katta masjid barpo etildi. 1688-yilda qurilgan madrasani esa qayta qurishdi. Natijada ikkita alohida hovli yuzaga keldi.
Madrasaning katta peshtoqini buzdilar va uning o‘rniga hovlilarni birlashtiruvchi past o‘tish inshooti – darvozaxona paydo bo‘ldi. Shakli xurjunga o‘xshagani tufayli diniy muassasani “Xurjun madrasasi” deb atay boshlashdi.
Madrasada talaba va o‘qituvchilar yashagan 16 ta hujra bor. Kvadrat shaklidagi darsxonaning ustiga Gumbaz qurilgan. Kirish eshiklari esa nafis o‘ymakor naqshlar bilan bezatilgan.
Xivalik ustalar o‘z shaharlari tashqarisida ham juda mashhir bo‘lishgan. U yerda hozirda ham avloddan avlodga o‘z mahoratlarini o‘rgatib kelayotgan oilalar hayot kechirmoqda.