Said Islom Xo‘ja Xiva xoni Isfandiyorxon II vaziri bo‘lgan. U obodonlshtirish ishlariga alohida e’tibor bergan. Uning xizmatlari bilan Xivada kasalxona, pochta binosi va telegraf hamda yangi temir ko‘prik barpo etilgan.
1908-1910-yillarda Pahlavon Mahmud ansambli yonida u Madrasa va Minora qurdirgan. Diniy muassasa qurilishini Hudoyberganxojiga topshirishadi. Shoir Niyoziy esa unga bag‘ishlab she’rlar yozadi. Ularni madrasaga kirish tepasida marmar taxtada o‘qish mumkin.
Me’morchikik
Madrasada 42 ta hujra bo‘lib u 50 nafar talabaga mo‘ljallangan edi. Madrasaning old qismi ikki qavatli. Uning me’morchiligi va tashqi pardozi Xiva uchun an’anaviy uslubda bajarilgan. Bu yerda sirlangan koshinlardan bajarilgan go‘zal bezaklarni ko‘rishingiz mumkin. Sharqning boshqa madrasalarida bo‘lgani kabi bu yerda ham o‘z masjidi ko‘zda tutilgan. U binoning eng katta xonasi bo‘lib, shifti gumbazsimon shaklda. U yerda koshinli va o‘ymakor ganchli naqshlarni zavqlanib tomosha qilish mumkin.
Peshtoqning ikki tarafida qator ikki qavatli arkalar o‘rin olgan. Ular Guldasta minoralarga borib tamom bo‘ladi. Majmuaning ichki hovlisi talabalar hujralari va ayvon bilan o‘rab olingan.
1938-yilda Al-Xorazmiyning 1200 yilligiga bag‘ishlab madrasada “Xorazm amaliy san’ati” ko‘rgazmasi tashkil etildi. 387 buyumlarda matolar, zargarlik, mis va nozik yog‘och o‘ymakorligining durdonalari mujassam etilgan.