Sharq bozorlari doim har qanday shaharning yuragi bo‘lgan. Aynan shu yerda ijtimoiy hayot qaynar edi. Savdogarlar va oddiy xalq muhim xabarlarni muhokama qilish va narx o‘rganishga kelar edilar.
Choyxona shinavandalari bir-birlarini palov bilan mehmon qilar va issiq ko‘k choyni, hatto yozning chillasida ham ichishar edi. Aytishlaricha, u issiqni yengilroq o‘tkazishga yordam berar ekan.
Bozorlar qadimdan savdo yo‘llarining kesishmasida barpo etilar edi. Ayniqsa sahnalashtirilgan tomoshalar va bayramlar o‘tkaziladigan shaharning katta maydonlarida. Ularni issiq va changdan saqlaydigan gumbazli inshootlar ko‘rinishida qurishar edi. Ularning qurilishi ommaviylashgan davr IX-XIII asrga to‘g‘ri keladi.
Me’morchilik
Toshkentning Chorsu Bozori o‘rta asrlarda ham mashhur edi. U shaharning bosh maydoni Eski Jo‘vada joylashan edi. Vaqt o‘tgan sayin u vayron bo‘lar, va davrdan kelib chiqqan holda uni qayta qurar edilar. Ammo gumbazlari o‘zgarmas an‘anaviy qismi bo‘lib qolar edi. Hozirda zamonaviy “Chorsu” majmuasi o‘tgan yillar me‘moriy uslublari va an‘analarini o‘z ichiga oladi. Bozor moviy gumbazlar bilan tugallangan savdo rastalaridan iborat.
Markazda sharqona naqshlar bilan bezatilgan bir gumbazli asosiy qishki inshoot joylashgan. U uch qavatdan iborat va 300-350 metr aylanasiga ega. Pastda esa ko‘p sonli qo‘shimcha xonalar joylashgan. O‘rta va yuqori qavatlarini esa rastalar egallagan.
Toshkent Chorsu bozori – bu shirali mevalar, o‘zbek obi noni va an’anaviy shirinliklar deganidir. Rastalar qahrabo rangli quruq mevalar va sharqda deyarli hamma taomlarda ishlatiladigan xilma-xil ziravorlar bilan liq to‘la. Xushmuomala sotuvchilar oldidan o‘tib ketish mumkin emas.
Bozor yaqinidagi an’anaviy choyxonalar milliy taomlarni tatib ko‘rishni taklif qiladi. Shuning uchun havoda ta’mi benazir o‘zbek palovining hidi anqib turadi. Kaboblar pishayotgan qo‘ralardan tutun chiqib turibdi, qo‘y go‘shtidan pishirilayotgan yog‘li sho‘rva qaynamoqda… Haqiqiy o‘zbek taomlaridan tanavul qilgandan so‘ng hunarmandlarning esdalik sovg‘alar bilan to‘la rastalari bo‘ylab sayr qilgan ma’qul.