Mustaqillik maydoni

Mustaqillik maydoni – Toshkentning yuragidir. Bu yerda xalq sayllari, davlat miqyosidagi bayramlar o‘tkaziladi.

Chor Rossiyasi davrida u Bosh maydon bo‘lgan. Chu bu yerda harbiylar uchun Spaso-preobrajenskiy cherkovi qurilgan edi. U Turkiston general-gubernatori yashagan chiroyli bog‘i bor Oq Uyning to‘g‘risida joylashgan edi.

Oktabr revolyutsiyasidan so‘ng uni Qizil Maydon deb nomlashdi. Yigirma yildan so‘ng uni V.I. Lenin nomi berilgan. Deyarli 10 yildan so‘ng esa maydonni qayta tiklashdi, bu qisman 1966 yilda sodir bo‘lgan zilzila bilan ham bog‘liq. Maydonga yangi me’moriy uslubda badiiy ko‘rinish berildi. Uning maydoni hajmi 3,5 baravarga ko‘pyadi.

1991 yilning 31 avgustida O‘zbekiston o‘zining suverniteti haqida e’lon qildi, shundan so‘ng unga Mustaqillik maydoni deb nom berishdi.

Mustaqillik maydonidagi inshootlar

Maydonga kirish uchun “Ezgulik” arkasi ostidan o‘tish kerak. Uning peshtoqi ustida laylaklar uchmoqda. Tosh yotqazilgan yo‘lakcha to‘g‘ri Mustaqillik va Insonparvarlik monumentiga olib boradi. U O‘zbekiston xaritasi aks etgan tilla rang yer sharidan iborat.

2006 yilda uning yaqinida Baxtiyor ona haykalini o‘rnatdilar. Uning oddiy o‘zbek ayoli obrazi ustida Ilhom va Kamol Jabborovlar ishlagan. 6 metr balandlikka ega haykal Vatan ramzidir. Va tuganmas ezgulik va mehr bilan bolasiga, ya’ni o‘z kelajagiga qaramoqda.

Mustaqillik Maydonida Vazirlar Mahkamasi va Senat joylashgan.

Tarixsiz kelajak bo‘lmagani sababli bu yerda yana bir muhim me’moriy yodgorlik – Xotira maydoni o‘rin olgan. U Ikkinchi Jahon urushida jang qilgan insonlarga bag’ishlab ochilgan. Motamsaro ona mangu alanga oldida jang maydonlaridan qaytmagan bolalari uchun ko‘z yosh to‘kmoqda.

Выберите язык

O'zbek Русский English

Или скайчате приложение