O ‘zbekiston davlat amaliy san’at muzeyi 1937 yilda Toshkentda tashkil etilgan.
4 mingdan ortiq eksponatlar mintaqada bezak san’atining rivojlanishi to‘g‘risida so‘zlab beradilar. Ular orasida nafis yog‘och o‘ymakorligi, an’anaviy kulolchilik va milliy naqsh o‘ymakorligi na’munalarini ko‘rish mumkin. Zargarlik durdonalari, kashtado‘zlar, zardo‘zlar asarlari alohida qimmatga ega.
Muzey binosining tarixi
Yangi ming yillik boshida muzey o‘rnida “Polovtsev uyi” bo‘lgan. Uni XIX asrda barpo etishgan. Dastlab u savdogar Ivanovga tegishli bo‘lgan. Keyin binoni Chor Rossiyasi diplomati uchun sotib olishadi va keyinchalik Toshkentda bino uning nomi bilan mashhur bo‘ladi. Me’mor A.A. Burmeyster boshchiligida uyning sharqona bezagini biroz o‘zgartirdilar.
Birinchi Jahon urushi paytida bu yerda asirlarni saqlashgan. Asosan avstriyaliklarni. Sovet hukumati kelganidan so‘ng bino bolalar uyiga aylantirildi. Tarixi davomida u yana ko‘p bora o‘z vazifasini o‘zgartiradi. Ganch o‘ymakorligi va o‘yma naqshlar ta’lim markazidan to kashtachilik tsehigacha.
Nihoyat 1937 yilda uni Hunarmandchilik kasblari muzeyiga aylantirishdi.
Me’morchilik
Uning tashqi ko‘rinishi ustida T. Arslonqulov, A.Qosimjonov (Toshkent), Shirin Murodov (Buxoro), A. Polvonov (Xiva), Abdulla (Rishton) kabi o‘zbek ustalari ishlashgan. Uni bezashda ham ganch o‘ymakorligidan, ham yog‘och o‘ymakorligidan foydalanilgan. O‘rta Osiyoga xos naqshlar esa uning sharqona ko‘rinishini yanada kuchaytiradi.
Inshoot hozirgi kunda ham bezak san’atining yorqin misolidir.