Minor masjidi

Minor masjidi Toshkentda yaqinda barpo etildi. Uning qurilishi Anhor bo‘yida, Kichik halqa yo‘li yonida 2013 yilda boshlangan edi. Keyingi yili esa musulmonlarning muqaddas bayrami Qurbon Hayiti arafasida uni tantanali ravishda ochdilar.

Minor masjidi mahalliy musulmonlarning yirik diniy markazidir. Uni toshkentliklar ham yoqtirishdi. Chunki uning obodonlashtirilgan hududida kechki salqinda sayr qilish ularga huzur baxsh etadi. Yulduzlarni va O‘rta Osiyoning yangi me’morchilik durdonasini tomosha qilish esa juda ham maroqli.

Me’morchilik

Inshoot Sharqona me’morchilik an’analariga amal qilingan holda va an’anaviy bezaklar bilan bezatilgan. Lekin oppoq Minor masjidi g‘ishtdan bunyod etilgan qadimgi inshootlardan ancha farq qiladi. Yangi diniy markazning ustki qismi butunlay oq marmar bilan bezatilgan. Bu binoga o‘zgacha ulug‘vor ko‘rinish beradi. Quyoshli kunda u yarqirab va jilvalanib turadi.

Ikkita minora va moviy gumbaz Toshkent osmonida yuksalib turibdi. Binoning old tomoni yo‘lga qaratilgan va peshtoq shaklidagi kirishga ega. Masjidda bir vaqtning o‘zida 2400 kishi namoz o‘qish imkoniyatiga ega.

U oldi ochiq ayvonlar, hamda katta dumaloq xonaga ega. Ichki pardoz naqsh uslubida bajarilgan. Tilla yugurtirilgan mehrob Makka tarafga qaratilgan va u Quron va hadislardan hikmatlar bilan bezatilgan. Yana islomda ko‘rsatilganidek tahorat olish uchun maxsus xonalar mavjud. Ular foydalanuvchilarga qulaylik yaratish uchun zamonaviy jihozlar bilan jihozlangan.

Minor masjidi hali qiziqarli afsonalarga ega bo‘lmasada, uning oq marmarli go‘zalligi sizni befarq qoldirmaydi.

Выберите язык

O'zbek Русский English

Или скайчате приложение