Amir Temur Muzeyi

Temuriylar tarixi davlat muzeyi Toshkentning markazida joylashgan. Uni 1996 yilda Amir Temurning tavallud ayyomining 660-yilligiga bag‘ishlab ochishgan.

Besh ming eksponat Markaziy Osiyoning Amir Temur va uning sulolaso boshqaruvi ostidagi tarixi haqida so‘zlab beradi.

Me’morchilik

Muzey sharq me’morchiligi uchun an’anaviy gumbazga ega, dumaloq uch qavatli binoda joylashgan.

Uning ichi marmar bilan qoplangan. Ulug‘vor ustunlar yuqoriga qarab yuksaladi. Ichki pardoz nozik naqshlar va sharqona miniatyuralar bilan bezatilgan. Muzeyning qurilishida 20 kg zarvaroq ishlatilgan. 106 ming shokiladan tashkil topgan billur qandil haqiqiy san’at asaridir.

Devorlardagi suratlar Buyuk Sarkarda hayoti haqida so‘zlaydi. Suratlarda mamlakatning ibtidoiy jamoa tuzumi davridan hozirga kungacha bo‘lgan tarixi tasvirlangan.

Muzey eksponatlari

Muzeyga keluvchilar qulayligi uchun eksponatlar mavzular bo‘yicha guruhlarga bo‘lingan. Ular orasida Buyuk Sarkarda va uning sulolasi haqida so‘zlovchi qo‘lyozmalar bor. Amir Temur gerbi va uning avlodlari nomi tushirilgan kumush va mis tangalar ham bor.

Nozik ishlangan zargarlik, kulolchilik va mis buyumlarni alohida tilga olib o‘tish zarur. Amir Temur buyuk sarkarda bo‘lgani uchun o‘rta asr qurol-yarog‘lari, qo‘mondonlar va oddiy askarlar kiyimlari ekspozitsiyaga alohida e’tibor qaratilgan.

Muzeyda yana o‘sha davrga oid musiqa asboblari taqdim etilgan. Hokim va olim Ulug’bekning astronomik asboblari judda katta qimmatga ega. Muzey faoliyati davomida arxeologlar va tarixchilar xorijda bo‘lgan Temuriylar davriga oid qo‘lyozmalar haqida ham ma’lumot to‘plashgan.

Har yili muzey jamg‘armasi xorijdan qaytarilayotgan arxeologik topilmalar va artefaktlar bilan boyib bormoqda. Muzeyda mehmonlarning hadyalari saqlanadigan maxsus xona ham bar.

Muzey eksponatlari katta tarixiy qimmatga ega. Ularning naqshlari va ranglari 600 yildan so‘ng ham saqlanib qolgan.

Выберите язык

O'zbek Русский English

Или скайчате приложение