Amir Temur Xiyoboni

Chor Rossiyasi davrida uning o‘rnida o‘sha davrda eng katta bo‘lgan Konstantinovskaya maydoni joylashgan. Uning usti tosh yotqazilmagan bo‘lgani uchun u yerda chang to‘zon turar, yomg‘irdan so‘ng esa loy balchiq bo‘lar edi.

Maydon o‘rtasida Kaufmanskiy va Moskovskiy ko‘chalari kesishgan. O‘rta asrlda ular savdo yo‘llari sifatida xizmat qilganlar. Moskovskiy ko‘chasi Xitoyga olib boruvchi Buyuk Ipak Yo‘lining bir qismi bo‘lgan. Kaufmanskiy ko‘chasi esa Qo‘qonga olib borgan. Ular salqin xiyobonni to‘rt qismga bo‘lishgan. Bir vaqtning o‘zida uni ushbu katta ko‘chalarni birlashtiruvchi yo‘l aylanib o‘tgan.

Shuning uchun bu joy qadimdan gavjum bo‘lgan. Xiyobon atrofida erkaklar va qizlar gimnaziyasi (hozirda huquqshunoslik instituti), hamda davlat banki joylashgan edi. Ular hozirda ham saqlanib qolgan.

Dastlab xiyobonda Turkiston general-gubernatori dafn etilgan. Unga atab ko‘p shaklli haykal o‘rnatdilar, xiyobonga esa Kaufman xiyobon deb nom berdilar.

1917 yildan so‘ng haykallar va joyning nomlari birin-ketin o‘zgardi. Moskovskiy ko‘chasi nomi Engels ko‘chasiga, Kaufmanskiy ko‘chasi nomi esa Karl Marks ko‘chasiga o‘zgartirildi. Bir narsa o‘garishsiz qolardi. Xiyobon har doim aholini va mehmonlarni o‘ziga jalb qilgan.

Mustaqil O‘zbekiston

1994 yil 31 avgustda mustaqillikning uch yilligi arafasida xiyobonga davlat arbobi Amir Temur nomi berildi. Haykaltarosh Ilhom Jabborov bronzadan yangi - buyuk sarkardaning o‘z jangovor oti ustida o‘tirgan haykalini yaratdi. Uni xiyobonning markaziga o‘rnatishdi.

2009 yilda xiyobonni butulnay qayta qurdilar. Chim o‘tlari, sayr yo‘laklari yangilandi. Dam oluvchi aholi uchun ko‘proq skameykalar o‘rnatildi.

Xiyoboning qarshisida afsonaviy “O‘zbekiston” mehmonxonasi joylashgan. Toshkentliklar uni erkalab “uzbechka” deb nomlashgan. Uning yonida davlat rahbrlari uchrashuvlar o‘tkazadigan “O‘zbekiston” xalqaro anjumanlar saroyi, hamda mashhur kurant soatlari ham joylashgan.

Выберите язык

O'zbek Русский English

Или скайчате приложение