Toshkent teleminorasi

Toshkent teleminorasi Markaziy Osiyodagi ikkinchi eng baland inshootdir va kirish mumkin bo‘lgan ochiq tomosha maydonchasiga ega eng baland binodir.

O‘zning 375 metr balandligi tufayli u shunday inshootlar orasida dunyoda faxrli 11 o‘ringa ega. Uning qurilishi 1978 yilda boshlangan va olti yil davom etgan.

Teleminora 1985 yil 15 yanvarda ish boshlagan.

Teleminoraning vazfasi

Inshootning asosiy vazifasi bu tele va radiouzatuvdir. Uning uzatuv signali Toshkent viloyati, Sirdaryoning bir qismi hamda Qozog‘istonning janubiy qismlarini qamrab olgan.

Teleminora ba’zi vazirlikalar va idoralarni hamda tijorat korxonalarini aloqa bilan ta’minlaydi.

Bundan tashqari u yerda O‘zbek gidrometeorologik markazining balandda kuzatish kompleks stansiyasi ham joylashgan.

Teleminora kechki romantik sayrlar uchun sevimli joydir. Yuqori qavatida mehmonlarga Yevropa va milliy taomlarni taklif etuvchi restoran joylashgan.

Uning tomosha maydonidan esa tungi chiroqlari yiltirab turgan Toshkent ko‘z o‘ngizda namoyon bo‘ladi.

Выберите язык

O'zbek Русский English

Или скайчате приложение