1988 yilda markaziy Osiyo temir yo‘li o‘zning yuz yilligini nishonlagan edi. Shu sababli Shimoliy vokzal eski lokomotivlar ko‘rgazmasini tashkil etgan edi. Bu g‘oya aholiga juda ham yoqib qoladi. Shuning uchun keyngi yili Temir yo‘lchi kuniga bag‘ishlab, 4 avgust kuni Toshkentda tantanali ravishda Temir yo‘l texnikasi muzeyi ochildi.
Ochiq maydonda 13 paravoz, 17 teplovoz, 3 elektrovoz, 10 vagon hamda XIX-XX asrlarga oid ta’mirlash va qurilish texnilalarini ko‘rish mumkin.
Muzey ekspozisiyalari temir yo‘l sostavlarning ichida joylashgan. Ular Turkistonda temir yo‘lning paydo bo‘lishi haqida so‘zlab beradi. Aloqa va havfsizlik vositalari namoyish etilgan. Bu yerda jasurlik nishonlarini hamda ishchilar kiyimlarini ko‘rish mumkin.
Muzeyda amaldagi temir yo‘li bor. O‘zining 750mm kenglikdagi temir yo‘l izi sababli, u tor izli yo‘l sinfiga mansub. Shunga diqqatingizni qaratishingizni istardik ikkita yozgi vagon an’anaviy sharqona usulda bezatilgan. Ekskursiya paytida temir yo‘l texnikasining ichki mexanizmlari to‘g‘risida qiziqarli ma’lumotlar bilib olishingiz mumkin.
Ekspozisiya
Eng qimmatli va afsonaviy eksponatlardan biri bu 1914 yilda ishlab chiqarilgan Parovoz Ov 1534. Aynan uning tasviri 1999 yilgi O‘zbekiston pochtasi markasini bezab turadi. Aytishlaricha u sovet kinosi suratga olish ishlarida faol qatnashgan, shu jumladan mashhur “Qo‘lga tushmas qasoskorlar” filmida ham qatnashgan.
Yana hovlida birinchi sovet magistral yo‘lovchi paravozi Su va yuk tashish vositalari turibdi. Ammo Ikkinchi jahon urushi bu yerga ham o‘z ta’sirini o‘tkazgan. Eksponatlar orasida o‘lja sifatida kelgan harbiy TE-52 paravozi ham bor. Uni fashistlar tomonidan bosib olingan hududda ishlab chiqarganlar. Shuningdek 1520 kenglikdagi temir yo‘liga mo‘ljallangan 9P manyovr tank-parovozini ko‘rish mumkin.
Ikki palubali sayyohlik vagon katta qimmatga ega. Uning ajratib turadigan hususiyati uning gumbaz ko‘rinishidagi tomosha maydonidir. Nodir vagon bir nusxada qolgan.
Muzey jahon temir yo‘l texnikasi muzeylari uyushmasi a’zosi.